WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Dasturiy injiniring

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

60610600 – Dasturiy injiniring

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar Dasturiy injiniringni va dasturlash texnologiyalarini, dasturlashtillarini hamda kompyuterli dasturlashni mukammal o‘rganadi. Qo‘shimcha tarzda barcha Kompyuter ilmlarini, Web texnologiyalar, Sun’iy intellect,ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash texnologiyalari fanlari mukammal  o‘rganishlari mumkin.

 

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

Seminar

240

7200

2790

1068

1160

466

96

 

180

4230

 

1-bosqichda Xorijiy til, Hisob (Calculus), Fizika, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi, Dasturlash, Akademik yozuv, Dinshunoslik, Falsafa, Differensial tenglamalar, Diskret tuzilmalar  fanlari o‘zbek tilida olib boriladi.

2-bosqichdan boshlab oʻquv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashgʻulotlari va laboratoriya ishlari fakultetning IT markazida o‘taydilar hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda oʻtkaziladi.  Bundan tashqari IT markazda iqtidorli hisoblangan talabalar o’z StartUp lar ustida ish olib boradi. Yaratilgan ishlar bilan soha bo’yicha turli xil tanlovlarda ishtirok etadi. Kurs ishlsri ham faniga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.

2, 3, 4-bosqichda mutaxassislik fanlaridan Mobil ilovalar yaratish, Tizimli dasturlash, Algoritmlar va berilganlar strukturasi dan tashqari tanlov fanlar 1.Sun'iy intellekt uchun dasturlash, 2.Kompyuter grafikasi va geometriyasi,

3.Fraktallar nazariyasi va fraktal grafika fanlari ham olib boriladi. Fakultetda iqtidorli talabalardan tuzilgan guruhlarda mutaxasisilik fanlari to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi.

4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng talabalarga Dasturiy injiniring,  Kompyuter dasturchisi, Informatika va matematika fani o‘qituvchisi mutaxassisligi beriladi.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarini o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig‘in esa ta'til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

 

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlar

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy taʼlim

112

1-8

Malakaviy amaliyot

12

6, 8

Attestasiyalar

21

1-8

Davlat attestasiyasi

6

8

Taʼtil

46

1-8

Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish

4

1-8

GPA koʻrsatkichlarini hisoblash

3

1-6

Jami

204

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. Xorijiy til
  2. Hisob (Calculus)
  3. Fizika
  4. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
  5. Dasturlash
  6. Falsafa
  7. Differensial tenglamalar
  8. Diskret tuzilmalar
  9. Sunʼiy intellekt asoslari
  10. Dasturiy injiniringa kirish

O'xshash dasturlar