Dastur haqida
Intellektual tizmlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti
60610600- Dasturiy injiniring
Bu yo‘nalishda tahsil olganlar dasturlash tillarini mukammal tarzda o’rganadi. Qo‘shimcha tarzda kata hajimdagi ma’lumotlarni taxlil qilish, axborot xavfsizligi va sun’iy intellekt kabi fanlarni chuqur o‘rganishi mumkin
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy asmaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
amaliy |
Laboratoriya |
seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
2790 |
1068 |
1160 |
466 |
96 |
|
180 |
4230 |
1-bosqichda Xorijiy til , O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Hisob (Calculus), Fizika, Dasturlash, Akademik yozuv, Dinshunoslik, Falsafa, Differensial tenglamalar, Diskret tuzilmalar, kabi fanlar o‘zbek va rus tilida o‘tiladi.
2-bosqichdan Maʼlumotlar bazasi, Kiberxavfsizlik asoslari, Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar, Elektronika va sxemalar, Kompyuterni tashkil etish, Dasturiy injiniring, Sun'iy intellekt va axborot tizmlari, Qattiq jismlar fizikasi, Kompyuter ilmlari va texnologiyalari kabi mutaxasislik fanlari o‘qitiladi.
2,3,4-bosqichda mutaxassislik va tanlov fanlari o‘zbek va rus tilida olib boriladi.
4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng Muhandis-dasturchi mutaxassisligi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarini o‘zlashtirish sharti bilan), harbiy yig‘in esa ta'til vaqti hisobiga o‘tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda, talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda, o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy taʼlim |
112 |
1-8 |
|
Malakaviy amaliyot |
12 |
6, 8 |
|
Attestasiyalar |
21 |
1-8 |
|
Davlat attestasiyasi |
6 |
8 |
|
Taʼtil |
46 |
1-8 |
|
Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish |
4 |
1-8 |
|
GPA koʻrsatkichlarini hisoblash |
3 |
1-6 |
|
Jami |
204 |
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 4-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR
- Maʼlumotlar bazasi,
- Kiberxavfsizlik asoslari,
- Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar,
- Elektronika va sxemalar,
- Dasturiy injiniring,
- Sun'iy intellekt va axborot tizmlari,
- Qattiq jismlar fizikasi,
- Kompyuter ilmlari va texnologiyalari
- Elektronika va sxemalar
- Kompyuterni tashkil etish
- Kompyuter ilmlari va texnologiyalari fanlari
- Operatsion tizimlar
O'xshash dasturlar
Olmaliq davlat texnika instituti
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)
9 500 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Mexanika muhandisligi
9 500 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Aviatsiya muhandisligi
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Aerokosmik muhandisligi
—
Olmaliq davlat texnika instituti
Arxitektura
11 000 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)
9 500 000 so'm
yiliga