WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

60311000 – Sotsiologiya

Tavsif:

Sizda jamiyat va davlat boshqarish, jamiyat hayotini tadqiq etish va undagi muammolarni hal etishda ishtirok etish orzusi bormi? Marhamat, biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing!

“Sotsiologiya” ta’lim yo‘nalishi hozirgi davrda eng zarur bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi. Ushbu ta’lim dasturi orqali Siz hozirda jamiyat va davlat boshqaruvini takomillashtirish, jamiyat hayotidagi muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishga xizmat qiluvchi yetuk kadrlar tayyorlashda yetakchilardan biri bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz.

Siz 4 yil davomida “Sotsiologiya” ta’lim yo‘nalishida eng zamonaviy va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirish natijasida ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

Mazkur ta’lim dasturida 8 semestr (4 yil) davomida jami 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

Jumladan:

Jami auditoriya soati: 2730 soat

Mustaqil ta’lim: 3330 soat

Malakaviy amaliyot: 690 soat

Yakuniy davlat attestatsiya: 450 soat

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

105

1 – 7

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

23

4,6,8

Attestatsiya

14

1 – 7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

3

8

Ta’tillar

52

1 – 8

GPA ko‘rsatkichlarini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi;
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar