Dastur haqida
| 60311000 ─ Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil. 60311000 ─ Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari jamiyat ijtimoiy hayoti, uning sotsial strukturasi, shuningdek, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlaming faoliyati, turli sotsial voqealar, jarayonlar hamda kishilaming sotsial xulq ─ atvori qonuniyatlarini butun bir ijtimoiy murakkab tizim sifatida qamrab olib, o‘zining konkret empirik metodlari asosida ulami nazariy va amaliy jihatlarda tadqiq etadi. Mazkur yo‘nalish jamoatchilik fikrini o‘rganish markazlari, ommaviy axborot vositalari, davlat hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, siyosiy partiyalar, marketing va konsalting xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy ta’minot, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida yo‘nalishga doir masalalami yechish majmuini qamrab olishbilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. 60311000 ─ Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy vazifalari. 60311000 ─ Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 6 ─ malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq, bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim: Ilmiy ─ tadqiqot faoliyatida: ─ ilmiy sohada namunaviy metodikalar asosida ilmiy ─ tadqiqotlarni olib borishi, ulaming natijalarini qayta ishlab, ular asosida ilmiy asoslangan xulosalarini ilgari sura olish; ─ fundamental va amaliy sotsiologik tadqiqotlami tayyorlash va o‘tkazishda tadqiqot dasturini tuzish, birlamchi ma’lumotlami to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish bosqichlarida ishtirok etish; ─ zamonaviy informatsion texnologiyalar, hisoblash texnikasi vositalari, kommunikatsiya va aloqalami qo‘llash asosida keng turkumdagi manbalami jalb qilish orqali ijtimoiy, demografik, iqtisodiy va boshqa empirik ma’lumotlami qayta ishlash; ─ sharh va annotatsiyalar tayyorlashda qatnashish; ─ sotsiologik tadqiqotlar hamda sotsiologik nazariyalaming tushuntiruvchi imkoniyatlaridan foydalangan holda boshqa empirik ma’lumotlami interpretatsiya qilish; ─ tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha hisobotlar, analitik ma’lumotnoma, kasbga oid nashrlar, informatsion ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish; ─ tadqiqot natijalarini taqdim etish, o‘tkazilgan tadqiqot mavzusi bo‘yicha xabarlar va ma'ruzalar bilan turli ilmiy doiralarda qatnashish va ilmiy maqolalar chop etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish faoliyatida: ─ ijtimoiy va iqtisodiy islohotlaming natija va oqibatlarini baholash, sotsial ekspertiza; ─ hokimiyat va boshqaruv organlarida, ta’lim, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalarida hamda sotsial kommunikatsiyalar va kasbiy faoliyatning boshqa sohalarida ma’rifiy, informatsion va konsultativ ish; ─ huquqni muhofaza qilish organlarida ma’lumotlami tahlil qilish bo‘yicha analitik ish; ─ ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida tadqiqotlami tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha konsultativ va servis ishi; ─ korxona, tashkilot, muassasa, tarmoq soha va hududlami ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish va ulami muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida tadqiqotlaming me’yoriy ─ metodik va ma’lumotlar bazasini ta’minlash; ─ ijtimoiy guruhlaming ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash, ularning bir ─ birlari va ijtimoiy jamoalar (mehnat jamoasi, hududiy jamoajning rivojining ijtimoiy ─ iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari bilan o‘zaro kelishuv mexanizmlarini taklif etish; ─ korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan dolzarb muammolarni o‘rganish; ─ ijtimoiy muammolami hal qilishga yo‘naltirilgan chora ─ tadbirlar ishlab chiqish; ─ korxona va tashkilotlarda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, mehnat faoliyati sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; ─ korxona va tashkilotlarda kadrlar, ishlovchilaming kasbiy malakaviy va demografik tarkibining o‘zgarishini tahlil qilish; ─ ijtimoiy masalalami hal qilish bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilot boshqaruv organlari xodimlariga maslahat berish, sotsiologik yondashuvlarni qo‘llash qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. Tashkiliy ─ boshqaruv faoliyatida: ─ ijtimoiy sohalami monitoringini ta’minlaydigan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va tahlil qilish, unga boshqaruv ta’sir chora ─ tadbirlami ishlab chiqish hamda boshqaruv ta’sir samarasini baholash, shu bilan birga ma’lumotlar manbalarini ulaming zaruriyligi, yetarliligi va ishonchliligini baholash maqsadida audit qilish; ─ hokimiyat va boshqaruv, mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlarida, tashkilot va muassasalaming ma’muriy ─ boshqaruv bo‘linmalarida boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish; ─ ilmiy konsultatsiya va ekspertiza, ma’lumot almashinuvlari masalalari bo‘yicha ilmiy ─ tadqiqot muassasalari va informatsion ─ analitik xizmatlar bilan aloqalami tashkil etish hamda ta’minlashda ishtirok etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. Loyihaviy faoliyatda: ─ joriy va davriy ko‘rsatkichlar nisbati tahlili va zarur resurslami hisobga olgan holda uni optimallashtirish bo‘yicha chora ─ tadbirlar ishlab chiqish, loyihaviy faoliyatning monitoringi uchun ma’lumotlar bazasini yaratish; ─ tadqiqot, analitik va konsalting loyiha faoliyatini amalga oshirish uchun metodik instrumentariylar, meyoriy hujjatlar, informatsion ma’lumotlar ishlab chiqishda qatnashish; ijtimoiy ko‘rsatkichlar, jarayon va munosabatlami diagnostika qilish, baholash, takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish; ─ jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish, ulami amalga oshirish, tadqiqot natijalarini tarqatishda ishtirok etish; ─ turli maqsadli auditoriyalar uchun marketing tadqiqotlami ilmiy ─ metodik, texnik va informatsion jihatdan ta’minlash, marketing xizmatlar uchun tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. ─ tashkilot, korxona, muassasa va mahalliy o‘z ─ o‘zini boshqarish tashkilotlarining taklif va talablari asosida sohaga tegishli ma’rifiy tadbirlarini tashkil etish; ─ mahalliy matbuot, ilmiy ─ ommabop teleradio eshittirish, ko‘rsatuvlarda sohaga tegishli materiallar bilan ishtirok etish qobiliyatlariga ega bo ’lishi lozim. Turli xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida: ─ sotsiologiya sohasi mutaxassisliklari bo‘yicha mavjud holatning tahliliy sharhini ishlab chiqish; ─ muassasa, tashkilotlarda va korxonalarda sotsiologik xizmatni tashkil etish va uni amalga oshirish; ─ sotsiologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihaviy va dasturiy hujjatlami ishlab chiqish; ─ sotsiologiya sohasiga tegishli magistr tayyorlash ixtisosligiga mos bo‘lgan ilmiy loyihalami ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish; ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. |
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Psixologiya
62 937 500 so'm
yiliga
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Psixologiya
15 000 000 so'm
yiliga
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Psixologiya
14 400 040 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Ijtimoiy ish
9 054 150 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologiya. Inson va ijtimoiy o‘zaro munosabatlar psixologiyasi
24 000 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Psixologiya (amaliy psixologiya)
16 000 000 so'm
yiliga