Dastur haqida
“Psixologiya: sport psixologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. “Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar” ta’lim sohasiga mansub mutaxassislik boʻlib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʻqitish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot-institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid psixologik muammolarni yechishga qaratilgan kompleks masalalarni hal etish, faoliyati yoʻnalishida, xulq-atvor va muomalada, shaxslararo munosabatlar mexanizmlarini, jamo¬asida shakllanish qonuniyatlarini, insonlar aqliy salohiyati va iqtidori darajalarini bashoratlashga, kasbiy koʻnikmaga, boshqarish qobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi, shu sababdan ushbu magistratura mutaxassisligi hozirgi davrda eng zarur boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi.
Siz 2 yil davomida “Psixologiya: sport psixologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha koʻplab nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlasiz. Eng yangi va zarur boʻlgan fanlarni oʻzlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta koʻzlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit toʻplashingiz zarur boʻladi. Jumladan,
Jami auditoriya soati: 900 soat
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1110 soat
Ilmiy pedagogik ish: 240 soat
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 450 soatni tashkil etadi.
|
Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat |
45 |
1 – 3 |
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish |
|
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) |
15 |
4 |
|
|
Attestatsiyalar |
9 |
1 – 3 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish |
2 |
1, 3 |
|
|
Ta’tillar |
22 |
1 – 4 |
|
|
GPA koʻrsatgichini hisoblash |
1 |
2 |
|
|
Davlat attestatsiyasi |
6 |
4 |
|
|
Jami |
100 |
Qoʻshimcha izohlar:
1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
2) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish ham kiradi.
3) Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Dastlabki 5 haftasi kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarda, keyingi 10 haftasi esa mutaxassislik kafedralarida tashkil etiladi.
4) Mazkur ta’lim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, qoʻshimcha sport tayyorgarligi mashgʻulotlari mavjudligini inobatga olgan holda nazariy ta’lim jarayoni onlayn tarzda yoki masofaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin.
O'xshash dasturlar
Buxoro davlat universiteti
Sport faoliyati
12 824 240 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Sport faoliyati: taekvondo WTF (71010201)
19 023 920 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: stol tennisi (71010201)
20 286 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: eshkak eshish (71010201)
20 286 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: boks (71010201)
20 286 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: futbol (71010201)
20 286 000 so'm
yiliga