WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Psixologiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil Grant mavjud

Dastur haqida

Psixologiya taʼlim yoʼnalishi – ijtimoiy va xulq-atvorga mansub yoʼnalish boʼlib, u talim tizimining barcha boginlarida: Maktabgacha talim muassasalari, umumiy orta talim maktablari, professional ta'lim muassasalarida, jamoat xavfsizligini taminlash muassasalarida, davlat va mahalliy boshqaruv organlarida, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida psixologik masalalar yuzasidan olib boriladigan faoliyatlarni qamrab oladi.  Psixologiya ijtimoiy sohaning eng ommabop yoʼnalishlaridan biri boʼlib, bu yoʼnalishda mamlakatimizda kadrlar 50 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi. 

Oʼquv dastur maqsadi

Talabalarga psixologiyaning  fundamental, ijtimoiy, aniq va tabiiy  fanlar boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Psixologamaliyotchi psixologni  tayyorlash.

Natija

4 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar psixolog, amaliyotchi psixolog diplomiga ega boʻladilar.
Bitiruvchilar taʼlimni magistraturada 3 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha davom ettirishlari mumkin boʻladi.
Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1-2 kurslarda talabalar umumkasbiy fanlar (oliy matematika, falsafa, dinshunoslik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, xorijiy til, raqamli axborot texnologiyalari, umumiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport, rivojlanish psixologiyasi va b.)
3-4 kurslarda talabalar mutaxasislik va tanlov  fanlar (sotsial psixologiya, klinik psixologiya, psixologik trening asoslari, yuridik psixologiya,  shaxs kamoloti bo‘yicha trening,  stress psixologiyasi, tibbiy psixologiya va b.)dan tahsil oladilar.

Psixologiya taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

5210200-Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha),

5110900-Pedagogika va psixologiya,

 5310200-Psixologiya (faoliyatturlari boʻyicha),

60310900-Psixologiya

  • Psixologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturada ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda o‘qishni davom ettirish mumkin.
    Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.

O'xshash dasturlar