WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

Psixologiya-Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta'lim sohasidagi  yo'nalish bo'lib, maktabgacha ta'lim,  umumiy o'rta,  o'rta maxsus, professional  ta'limining  davlat va nodavlat muassasalarida; ta'limi muassasalarida ta'lim  yo'nalishiga oid fanlarni  o'qitish, ommaviy  axborot vositalari,  davlat  va mahalliy  boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko'rsatish markazlarida psixologik yordam ko'rsatish; O'quvchilarni  kasb-hunarga yo'naltirish  va    psixologik­ pedagogik    respublika  tashxis  markazida  psixodiagnostik  tadbirlar  uyushtirish; o'zini o'zi  boshqarish organlari, «Oila va gender»   ilmiy-tadqiqot institutida; reabilitatsiya markazlarida,  sport jamoalarida  psixologik  xizmat ko'rsatish; Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo'limlarda, huquqni muhofaza qilish idoralarida psixologik yordam ko'rsatish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.Kasbiy faoliyatning turlari.
• ilmiy-tadqiqot;
• tashkiliy-boshqaruv;
• ma'naviy-ma'rifiy;
• loyihaviy;
pedagogik (umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim tizimida);
• turli xizmatlar ko'rsatish. Psixologiya yo‘nalishiga o‘tiladigan fanlar quyidagilar:                                               1.Oliy matematika;
2. O'zbekistonning eng yangi tarixi;
3. Falsafa;
4. O'zbek (rus) tili;
5.Xorijiy til;
6. Dinshunoslik;
7. Raqamli axborot texnologiyalari;
8. Jismoniy madaniyat va sport;
9. Mutaxassislikka kirish;
10. Umumiy psixologiya;
11.Eksperimental psixologiya;
12.  Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya;
13. Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari va texnologiyalari;
14.Umumiy psixodiagnostika; 
15. Sotsial psixologiya;
16.Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya;
17. Umumiy pedagogika;
18.Psixologik trening asoslari;
19.Pedagogik psixologiya va psixologiyani o‘qitish metodikasi;
20.Klinik psixologiya;
21.Yuridik psixologiya;
22.Oila psixologiyasi;
23.Mehnat va muhandislik psixologiyasi;
24.Psixologiya tarixi.

O'xshash dasturlar