WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Jizzax viloyati Filial Veb-sayt

4,330

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

136

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

24

Kafedralar

2019

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

{O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Turkiston Musulmon xalq universiteti 1918 - 1919

O'zbekiston Milliy universitetining tamal toshi 1918 yil 9 aprelda quyilgan. Shu kuni Turkiston musulmon xalk dorulfununining tashkiliy hay'ati tuzulib, bir oy davomida 9 marotaba yig'ilish o'tkazilgan va 1918 yil 3 mayda Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rektor) etib saylangan. Turkiston Musulmon xalq dorulfununi rasman ochilgan 1918 yil 12 may yangi zamonaviy ta'lim tizimiga asos solingan tarixiy sana bo'lib qoldi. Universitetning tabiiy-matematika, qishloq xo'jaligi, texnika, ijtimoiy iqtisod, adabiyot va falsafa fakultetlariga qisqa muddatda 299 o'qituvchi jalb etilgan. Ular orasida o'nlab taniqli shoir va adiblar, jadid maktablari uchun yozilgan darsliklarning mualliflari, shuningdek, 20 ga yaqin turli fan sohalarining yetakchi vakillari bor edi. Jumladan, Fitrat ona tilidan, Abdulla Avloniy adabiyot, Munavvarqori axloq, Kamol Shamsi matematika, Burhon Habib siyosiy tarix fanlaridan dars bergan.
  1918 yil 31 maydan universitet nashri bo'lgan «Xalk dorulfununi» gazetasi chop etila boshladi. Shu yilning o'zida universitet tarkibida Turkiston xalq kutubxonasi, Turkiston xalq muzeyi, konservatoriya, Sharq instituti shakllandi.
  Turkiston musulmon xalk dorulfununi Turkiston hukumatining 1919 yil dekabrdagi qarori bilan Turkiston Davlat universiteti (TDU) maqomiga ega bo'ldi va yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo'ydi.

Turkiston Davlat universiteti 1919 - 1923

1920 yildan Turkiston Davlat universitetida oltita (tibbiyot, fizika-matematika, ijtimoiy-iqtisod, texnika tarix-filologiya va ishchi) fakultet faoliyat yurita boshladi. Universitet talabalari soni 2671 nafarga yetdi, ular orasida 24 millat vakillari bor edi.
 1920 yilning 19 fevral kuni o'nlab yetakchi professor-uqituvchilar, ularning oilalari, o'quv jarayoni uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar ortilgan eshelon Moskvadan Toshkentga yo'l olgan.
 1921 yilda universitet tarixida birinchi bor tibbiyot sohasi bo'yicha 12 nafar mutaxassis tayyorlandi.
 1923 yildan yana to'rt - qishloq xo'jaligi, melioratsiya muhandisligi, mahalliy xo'jalik va huquq fakultetlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Shu yili universitetni 79 kishi: 25 vrach, 14 agronom, 8 muhandis va 32 huquqshunos bitirib chiqdi. Ularning ko'pchiligi keyinchalik fan olamida yirik olim va mutaxassis sifatida tanildi. Pedagogika fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan Respublika Maorif Xalq komissarligi qoshidagi Timiryazev nomidagi xalqmaorifi instituti universitet tarkibiga kiritildi.
 1923 yil 17 iyulda Turkiston Davlat universitetiga O'rta Osiyo Davlat universiteti maqomi berildi.
 1923 yilning noyabridan "O'rta Osiyo Davlat dorulfununi axbori» («Бюллетень Средне-Азиатского государственного университета») chop etila boshladi. Turli mavzudagi ilmiy tadqiqotlar chop etiladigan ushbu nashr, tez orada dunyo olimlarining nazariga tushdi. 1925 yilda «O'rta Osiyo davlat dorulfununi axbori" chet ellardagi 278 ta, 1929 yilda esa 438ta oliy maktab va ilmiy markazlarga jo'natilgani buning isbotidir.

O'rta Osiyo Davlat universiteti 1923 - 1960

Universitetda tahsil oluvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilm-fan olamida bo'layotgan yangilikdan ularni xabardor qilish maqsadida universitet kutubxonasi yildan yilga yangi o'quv darsliklari bilan boyitib borildi. 1924 yili universitet kutubxonasi fondidagi kitoblar soni 75000 nusxaga yetdi. Ularning aksariyati nodir qo'lyozma asarlardan iborat edi. 1940 yilga kelib, kutubxona 376 ming kitob fondiga ega bo'ldi. 

  1928 yilda fizika fakultetining ilmiy xodimi B.P.Grabovskiy tomonidan dunyoda birinchi bo'lib televizion uzatish moslamasi ("telefot ") yaratildi. 1971 yilda bu kashfiyot YuNESKO tomonidan tasdiqlanib, O'zbekiston televideniya vatani sifatida e'tirof etildi. 

  1939-1940 yillar davomida universitetda xalq xo'jaligining matematika, mexanika, tuproqshunoslik, geografiya, fizika, geofizika, botanika, zoologiya, antropologiya, tarix, organik va kolloid kimyo, analitik kimyo, vinochilik, yog'lar texnologiyasi kabi sohalar bo'yicha mutaxassislar tayyorlandi. 

  Ikkinchi jahon urushi mamlakatimiz uchun alohida sinov yillari bo'ldi. Urushning dastlabki kunlaridanoq universitet olimlari va talabalaridan bir qanchasi ko'ngillilar qatorida jangga otlandi. Universitetdagi o'quv-uslubiy va ilmiy faoliyat urush yillarining talablari bo'yicha qayta tashkil etildi. Birinchi navbatda, mamlakat mudofaasi uchun muhim bo'lgan sohalarga e'tibor qaratildi. Besh yillik o'quv tizimi harbiy holatni hisobga olgan holda uch yillik qilib belgilandi, dastur va darsliklar shu asosda qayta ishlab chiqildi. 1943 yilning noyabrida O'zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi munosabati bilan universitet olimlaridan T.A.Sarimsoqov, V.I.Romanovskiy, A.S.Uklonskiy va boshqa professorlar O'zRFA haqiqiy a'zosi, professorlar E.P.Korovin va I.P.Sukervaniklar asa muxbir a'zo etib saylandilar. 

Toshkent Davlat universiteti 1960 - 2000

1960 yili O'rta Osiyo Davlat universiteti nomi Toshkent Davlat universiteti deb o'zgartirildi. 

  XX asrning 60-yillarida eng nufuzli oliy o'quv yurtlaridan biriga aylangan Toshkent Davlat universiteti O'zbekiston yoki O'rta Osiyo uchungina emas, balki barcha rivojlanayotgan Sharq mamlakatlari uchun ham kadrlar yetishtirib beruvchi fan va ta'lim markaziga aylandi. 

  1967 yilda talabalar shaharchasi tashkil etilib, universitetning Kimyo va Fizika fakultetlari, 1970 yildan esa 12 qavatli ma'muriy va 5 qavatli asosiy o'quv binolari ishga tushdi. 

  Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 20dan ortiq mamlakatlaridan kelgan mingdan ortiq talaba uchun tayyorlov fakulteti ish boshladi. 

  Universitetda ko'plab fan sohalari bo'yicha ilmiy yo'nalishlar rivojlandi. Mavjud ilmiy maktablar faoliyati yanada kengaydi. 

  1967 yildan ToshDU sobiq ittifoqdagi 25 yetakchi oliy o'quv yurtidan biriga aylandi. 

  1995 yil 14 sentyabrda ta'lim tizimi rivojiga qo'shgan beqiyos hissasi, kadrlar tayyorlashdagi ulkan yutuqlari, mamlakat jamoatchiligi hamda universitet olimlarining istaklari e'tiborga olinib, Toshkent Davlat universitetiga Sharqning buyuk olimi va mutafakkiri Mirzo Ulug'bek nomi berildi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti 2000-yildan

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi Farmoni bilan Toshkent Davlat universitetiga Milliy universitet maqomi berildi. 

  Milliylik maqomi universitet bitiruvchilari orasida yurtimiz nomini yuksaklarga ko'targan va hozirgi kunda ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo'shayotgan olimlarning borligi bilan mustahkamlanmoqda. Jumladan, universitetda tahsil olgan Oybek, Muxtor Avezov, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Shukur Xolmirzayev, O'tkir Hoshimov kabi xalq yozuvchilari o'z ijodi bilan badiiyat xazinasini boyitishga munosib hissa qo'shdi. 

  Universitetdan Ozod Sharafiddinov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Suyima G'aniyeva, Turg'un Azlarov kabi O'zbekiston Qahramonlari yetishib chiqdi. 

  Universitet fizika-matematika fakultetining bitiruvchisi Yu.A.Izrael 1978-1990 yillarda sobiq ittifoq gidrometereologiya va tabiiy muhit nazorati bo'yicha Davlat qo'mitasi raisi 

lavozimida faoliyat yuritgan. Iqlim o'zgarishlari haqidagi bilimlarni ommalashtirish va kuchaytirish hamda salbiy jarayonlar tarqalishini to'xtatish borasida olib borilgan ishlari uchun 

2007 yilda Yu.A.Izrael Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. 

  Sportning shaxmat turi buyicha Milliy universitet talabasi R.Qosimjonov - jahon chempioni, S.Qayumov - Osiyo chempioni bo'lib yetishdilar. 

  O'zbekiston Fanlar Akademiyasida faoliyat yuritgan 13 ta Prezidentning 8 nafari universitet bitiruvchilaridir. 

  Universitetda yaratilgan 43 ilmiy maktab hozirgi kunda fanning turli sohalari rivojiga beqiyos hissa qo'shib kelmoqda. Ular dunyodagi matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, arxeologiya kabi tan olingan ilmiy maktablar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqdalar. 

  Bugungi kunda O'zMU o'quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot sohalarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan yuksak salohiyatli professor-o'qituvchilar, zamonaviy moddiy-texnik asos va jahon miqyosida e'tirof etilgan ilmiy maktablarga ega.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali 2019-yildan

O'zbekiston Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarida faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi "Mirzo Ulugbek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialini tashkil etish to'g'risida"gi 563-sonli Qarori asosida hududda ta'lim tarbiya jarayonini psixologik qo'llab quvvatlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. 

  Hozirda filialda 2 ta "Psixologiya" va "Amaliy matematika" fakultetlari negizida 8 ta "Psixologiya", "O'zbek tili va adabiyoti", "Xorijiy tillar", "Ijtimoiy fanlar", "Amaliy matematika", "Iqtisodiyot", "Kompyuter ilmlari va dasturlash", "Biotexnologiya" kafedralari faoliyat olib bormoqda. 

  Filialda bugungi kunda 12 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 qo'shma ta'lim dasturi asosida "Psixologiya" yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.}

Xorijiy talabalar uchun

{test}

Xalqaro hamkorlik

{test}

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

2023-2024-o‘quv yilida 3 nafar talaba Prezident, Islom Karimov, A.Navoiy nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lishdi. Shuningdek, 2023-yilda filialda 3 nafar talaba "Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lishdi. 2023-yil 7-10-sentabr kunlari Livanning Bayrut shahrida para taekvondo bo'yicha Osiyo ochiq chempionatida 1 nafar talaba bronza medali sohibi bo‘ldi. 2023-yil 5-noyabr kuni Buxoro shahrida tashkil etilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarining respublika final bosqichida 1 nafar talaba sportning stol tennis turi bo'yicha ishtirok etib faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi. 2023-yilning 23-29-oktabr kunlari Qoraqalpog'istonda bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika fan olimpiadasida 2 nafar talaba bronza medal sohibi bo‘lishdi. O.Turakulov rahbarligida talabalar ishtirokida 2023-yilda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi umumiy qiymati 17.6 mln. so'mlik 1 ta startap loyiha yakunlandi.
    "Yil talabasi-2023" respublika ko'rik-tanlovida filialning 1 nafar talabasi "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi" nominatsiyasi bo'yicha g'olibi bo'ldi.

Fakultetlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019 yil 10 iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tashkil etildi. Filial tarkibida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “Psixologiya” fakulteti o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Hozirgi kunda « Psixologiya » fakulteti tarkibiga: ikkita kafedra faoliyat ko‘rsatadi:

1. “Psixologiya va gumanitar fanlar” kafedrasi. Kafedra mudiri. Nosirov Bunyod O‘rolovich.

   2. “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi. Kafedra mudiri Jabborov Ulugʻbek Abduraxmonovich.

Fakultetda 4 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

1.     5120100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili) yo‘nalishi.

2.     5210205 - Oila psixologiyasi yo‘nalishi.

3.     5210204 - Yоshlar psixologiyasi yo‘nalishi.

4.     5210209 - Psixologiya yo‘nalishi (3+1 KFU qoʻshma ta’lim dasturi).

        Fakultetda 1 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

1.     5210200 – Psixologiya (faoliyat va turlari boʻyicha) yo‘nalishi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning 30-31-yanvar kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bildirgan takliflari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyuldagi 563-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2019-yil 10-iyuldagi 261-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tashkil etildi. Dastlab, Filial tarkibida “Amaliy matematika” fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan.

Hozirgi kunda « Amaliy matematikaa » fakulteti tarkibiga: to'rtta kafedra faoliyat ko‘rsatadi:

1. “Amaliy matematika” kafedrasi. Kafedra mudiri. Sharipova Sadoqat Fazliddinovna.

2. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi. Kafedra mudiri Qayumov Oybek Achilovich.

3. "Biotexnologiya" kafedrasi. Kafedra mudiri O'ralov Abdumannon Iskandarovich.

4. "Iqtisodiyot" kafedrasi. Kafedra mudiri Muxtorov Botir Abdusattarovich.

Fakultetda 8 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

—  5130200  Аmaliy matematika yo‘nalishi;

—  5330100 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi;

—  5330200  Аxborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi; 

—  5330300  Аxborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;

—  5230100  Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;

—  5320500  Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi;

—  5130200  Аmaliy matematika va informatika yo‘nalishi;

—  5330200  Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi.

Fakultetda 2 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

—  5330200  Аxborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi; 

—  5230100  Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi;

Ta'lim yo'nalishlari

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr Magistr
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr Magistr
Axborot xavfsizligi 60610200 Bakalavr Magistr
Biotexnologiya 70510103 Magistr
Biotexnologiya 60710200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Magistr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Ijtimoiy ish 70920101 Bakalavr
Inson resurslarini boshqarish 60411000 Magistr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr Magistr
Psixologiya (oila psixologiyasi) 60310900 Bakalavr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Psixologiya (oila psixologiyasi)

Bakalavr 4 yil uz

8 150 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Lingvistika (ingliz tili)

Magistr 2 yil en

9 700 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr 4 yil en

8 150 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Inson resurslarini boshqarish

Magistr 2 yil uz

12 000 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Iqtisodiyot

Magistr 2 yil uz

12 000 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Turizm va mehmondo‘stlik

Bakalavr 3 yil uz

14 364 560 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Turizm va mehmondo‘stlik

Bakalavr 4 yil uz

14 364 560 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Iqtisodiyot

Bakalavr 4 yil uz

16 714 560 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Dasturiy injiniring

Magistr 2 yil uz

9 700 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Axborot xavfsizligi

Magistr 2 yil uz

9 700 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Axborot xavfsizligi

Bakalavr 4 yil uz

8 150 000 so'm

yiliga

Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Bakalavr 4 yil uz

8 150 000 so'm

yiliga

Talabalar fikri

Kambarov Ruslan Xamdam uli

Men 2025-yilda Iqtisod yo‘nalishiga talaba sifatida qabul qilindim. Universitetga ilk qadam qo‘ygan kunimdan boshlab bu yerda yaratilgan sharoitlar va ta’lim sifati menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Universitetda zamonaviy auditoriyalar, axborot texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar, kutubxona va o‘quv markazlari mavjud. Professor-o‘qituvchilar o‘z sohasining malakali mutaxassislari bo‘lib, talabalar bilan doimo samimiy va mas’uliyat bilan ishlaydilar. Iqtisod yo‘nalishida tahsil olayotganim davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Darslar zamonaviy usullar asosida olib boriladi va talabalarning mustaqil fikrlashi hamda kasbiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Universitetda sport, madaniy va ilmiy tadbirlar muntazam tashkil etiladi. Talabalar turar joylari, kutubxona, sport zallari va boshqa infratuzilmalar talabalarning qulay ta’lim olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratgan. Men ushbu universitetda tahsil olayotganimdan mamnunman va kelajakda malakali iqtisodchi bo‘lib yetishishim uchun bu dargoh katta imkoniyatlar yaratayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.

Boboyeva Sojida Dovudovna

2025 yil Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishiga qabul qilindim. Universitetga ilk qadam qo‘ygan kunimdan boshlab bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar va ta’lim sifati menda katta taassurot qoldirdi. Universitetda zamonaviy kompyuter xonalari, axborot texnologiyalari laboratoriyalari, kutubxona va o‘quv markazlari mavjud. Professor-o‘qituvchilar o‘z sohasining malakali mutaxassislari bo‘lib, talabalar bilan doimo samimiy va mas’uliyat bilan ishlaydilar. Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotganim davomida dasturlash, ma’lumotlar bazasi, axborot tizimlarini loyihalash va zamonaviy IT texnologiyalari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldim. Darslar zamonaviy usullar asosida olib boriladi va talabalarning ijodiy fikrlashi hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Universitetda ilmiy, sport va madaniy tadbirlar muntazam tashkil etiladi. Talabalar turar joylari, kutubxona, sport zallari va boshqa infratuzilmalar talabalarning qulay ta’lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratgan. Men ushbu universitetda tahsil olayotganimdan mamnunman va kelajakda malakali IT mutaxassisi bo‘lib yetishishim uchun universitet katta imkoniyatlar yaratayotganini alohida ta’kidlamoqchiman.