WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

1.2.1. 60110200-Maktabgacha ta'lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

- Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachisi, uslubchisi kasb standartiga muvofiq Maktabacha ta'lim tashkilotida tarbiyachisi, uslubchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- o'rta maxsus va professional ta'limda maktabgacha ta'lim yo'nalishi boʻyicha texnukumlarida maktabgacha ta'lim metodikalari oʻqituvchisi mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
 

- Maktabgacha ta'lim fanlar yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida kichik ilmiy xodim bo'lib ishlash;

-Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

-Maktabgacha ta'lim, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60110200-Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

-Maktabgacha ta'lim, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

- davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;

60110200-Maktabgacha ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan so'ng, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda faoliyat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, Maktabgacha ta'lim muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bog'chalarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.

 

 

O'xshash dasturlar