Farg‘ona davlat universiteti
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
Dastur haqida
| 70530901 ─ Fizika (yoʻnalishlar boʻyicha) magistratura mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. Mutaxassislik boʻyicha oʻqitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining meʼyoriy muddati 2 yil. 70530901 ─ Fizika (yoʻnalishlar boʻyicha) ─ fizika sohasidagi mutaxassislik boʻlib, barcha taʼlim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni oʻqitish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, shuningdek, fizik, optik, materialshunoslik, lazerli tizimlar hamda qurilmalarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish, mutaxassislikka oid kompleks masalalar istiqbolini belgilashga, kasbiy koʻnikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi. Oliy taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish, Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarida hamda oliy taʼlim muassasalarida ilmiy ─ tadqiqot faoliyatini olib borish va jarayonlarda qatnashish, turli xil lazerlar, magnit hodisalar, elementar zarrachalar, polimerlar, nanomateriallar va ularning elementlari, qattiq jismlar fizikasi va materialshunosik, nanoobyektlarni o‘rganish, optik, magnitooptik va radiofizik tadqiq etish usullarini olib borish, kvant qurilmalari va qayd etgichlari, tabiatda kuzatiladigan barcha fizik xodisalar, jarayonlar va tuzilmalar, turli muhitlarda lazer nuri tarqalishi va oʻzaro taʼsirlashishida yuzaga keladigan fizik jarayonlar, turli vazifali lazerli texnologiyalar, shuningdek, optoelektron dasturiy taʼminot va kompyuter texnologiyalarida faoliyat olib borish, spektral analiz oʻtkazish usullari, turli murakkab optik, magnitooptik, molekulyar optika usullari, lazerli tizimlarni yaratish va ishlatish bilan shugʻullanuvchi ishlab chiqarish korxonalarida ishlash, birlashmalar, qoʻshma va kichik korxonalarda faoliyat olib borish, fundamental, amaliy fizika va tabiiy fanlar mazmunini tashkil etuvchi fizik modellar ustida ishlar olib borish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. |
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
25 290 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Maxsus (defektologik) ta’lim. Sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarni psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilish
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.02 — Psixologik-pedagogik ta’lim. Ta’limda shaxs shakllanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologik-pedagogik ta’lim. Maktabgacha ta’limda metodik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga