WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Andijon davlat pedagogika instituti

Jismoniy madaniyat

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

“Jismoniy madaniyat”

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozorgi Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi bo‘yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. Ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblaridan biri “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi hozirgi davrda eng dolzarb bo‘lgan ayollar sportiga bo’layotgan e’tibor natijasida ayol-qizlarimizni jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanib, sogʻlom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirishda asosiy sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 3 yil davomida “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:

  1. Majburiy fanlar: 4110 soat 

  2. Tanlov fanlar: 480 soat

  3. Malakaviy amaliyot: 810 soat 

Jami: 5 400 soat

Qo‘shimcha izohlar:

  • 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy bog‘liqlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar