WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Jismoniy madaniyat

Bakalavr Kunduzgi 3 yil

Dastur haqida

  Kafedra 2021-2022 o’quv yilining 26-avgustida “Jismoniy madaniyat” kafedrasi negizida tashkil topdi.
Tarix, san`at va sport fakultetida “Jismoniy madaniyat” kafedrasi deb nomlandi.
2022 yildan boshlab kafedra “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” deb
ataldi. Hozirgi kunda kafedraning barcha prof-o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqdalar.

  Jumladan, kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan “Jismoniy madaniyat va sport nazariyasi” o’quv va sport to’garaklari yo’lga qo’yilgan bo’lib, gazeta-jurnallarga tavsiya etish ishlari doimiy yo’lga qo’yilgan va ular bilan maqolalar chop etilib kelinmoqda hamda yoshlarga Kurash, Dzyudo, Engil atletika, Futbol, Basketbol, Voleybol, Gandbol sport turlaridan to`garaklar faoliyat yurutilmoqda.

  Hozirgi kunda kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi tuzilgan, darsdan keyin iqtidorli talabalar bilan qo’shimcha dars va sport to`garaklar kafedra professor o’qituvchilari tomonidan o’tilmoqda. Kafedra o’qituvchilari umumta’lim maktablari, akademik litsey va mahalla yoshlarin bilan hamkorlik
ishlarini amalga oshirishdi.

  Shuningdek ta’lim muassasalari bilan pedagogik amaliyotni yo’lga qo’yish bo’yicha hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo’lsada ammo tumanlar kesimida pedagogik amaliyotni nazorat qilish, ularga uslubiy ko’rsatma berish imkoni qiyin kechmoqda.

 

O'xshash dasturlar