WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Oriental universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Turk tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu ta’lim dasturi orqali siz zamonaviy filologiya va tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Filologiya va tillarni o‘qitish (turk tili)” yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Bugungi globallashuv davrida turk tilini mukammal biladigan, uni ilmiy va pedagogik asosda o‘qita oladigan mutaxassislar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi.
         Siz 4 yil davomida turk tili grammatikasi, nazariy va amaliy tilshunoslik, tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik, nutq madaniyati hamda zamonaviy o‘qitish metodikasi bo‘yicha puxta tayyorgarlikdan o‘tasiz. Til o‘rgatishning innovatsion pedagogik texnologiyalarini o‘zlashtirasiz, dars jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy tajriba orttirasiz.
         Ta’lim jarayonida siz turk tilida erkin muloqot qilish, ilmiy matnlar bilan ishlash, badiiy asarlarni tahlil qilish hamda professional tarjima qilish ko‘nikmalarini shakllantirasiz. Shuningdek, maktab, litsey va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyot o‘tash orqali real ta’lim muhitida tajriba to‘playsiz. Biz bilan ta’lim oling va turk tili sohasida malakali filolog, tarjimon yoki pedagog sifatida o‘z kelajagingizni mustahkam poydevor asosida quring.
         Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami:
74 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 2520 soat

Malakaviy amaliyot: 900 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 420 soatni tashkil etadi.

O'xshash dasturlar