WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60230100 ─ Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida rus tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish, oliy ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha pedagogik faoliyat olib borish, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy faoliyat bilan shug‘ullanish, shuningdek, tarjima, tahrir, matnshunoslik, lingvistik ekspertiza va tilga oid boshqa kasbiy faoliyatlarni amalga oshirishlari mumkin.

Mazkur ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va tahririyatlar, tarjima markazlari, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida mutaxassislikka oid kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishi doirasida talabalarda rus tilining nazariy va amaliy asoslari, rus tili va adabiyoti, lingvistika, adabiyotshunoslik, pedagogika, psixologiya, o‘qitish metodikasi, tarjima va kommunikativ kompetensiyalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.

Ta’lim yo‘nalishining me’yoriy muddati 4 yil.

O'xshash dasturlar