WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ushbu bakalavriat dasturi talabalarni rus tili, adabiyoti va madaniyatining nazariy hamda amaliy asoslari bilan tanishtiradi. Dastur filologik va pedagogik tayyorgarlikni uyg‘unlashtirgan bo‘lib, talabalarga rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini chuqur egallash, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish hamda ta’limda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradi.

4+2 tizimi asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni davomida talabalar haftaning to‘rt kunida nazariy bilimlarni o‘zlashtiradilar, ikki kunini esa umumta’lim maktablarida amaliyot o‘tashga bag‘ishlaydilar. Shu orqali ular o‘qituvchilik kasbining barcha bosqichlarini bevosita o‘rganib, pedagogik faoliyatga tayyorlanadilar.

• Ta’limiy. Rus tili va adabiyotining asosiy bo‘limlari — fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, stilistika hamda adabiyotshunoslikni chuqur o‘rganish. Til va adabiyot materiallari asosida tahlil qilish, ilmiy-nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish. Rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini egallash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘rganish. Lug‘atlar, ma’lumotnomalar va badiiy matnlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

• Rivojlantiruvchi. Og‘zaki va yozma nutq madaniyatini, ifoda aniqligi va uslubiy tozaligini rivojlantirish. Mustaqil fikrlash, tahlil qilish, ijodiy yondashish va kasbiy refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirish. Bilishga qiziqish, nutq, xotira, diqqat va tafakkurni rivojlantirish. Pedagogik muloqot, sinf bilan ishlash va kommunikativ kompetensiyani mustahkamlash.

• Tarbiyaviy. Ona tiliga, rus tili va adabiyotiga, shuningdek, milliy va jahon madaniyatiga hurmatni shakllantirish. Til va adabiyot orqali ma’naviy qadriyatlar, axloqiy fazilatlar va estetik didni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda mas’uliyat, halollik va saranjomlikni tarbiyalash. O‘quvchilar bilan ishlashda insonparvarlik, bag‘rikenglik va ijobiy pedagogik muhitni yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish..

• Tushuncha beruvchi. Tilni milliy madaniyat va tafakkurning ifodasi sifatida anglash. Rus adabiyoti namunalarini tahlil qilish orqali badiiy tafakkur va estetik idrokni rivojlantirish. Til va adabiyotning inson muloqotidagi o‘rni, tarbiyaviy va madaniy ahamiyatini tushuntirish.

• Shakllantiruvchi ko‘nikmalar. Matnni tahlil qilish, asosiy g‘oya va obrazlarni aniqlash, interpretatsiya qilish. Ifodali o‘qish, yozma nutqni to‘g‘ri va ifodali shakllantirish, imloviy va punktuatsion savodxonlikni rivojlantirish. Rus tili va adabiyoti darslari uchun o‘quv-uslubiy materiallar, testlar va dars ishlanmalarini tayyorlash. Pedagogik amaliyot davomida o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini baholash va rivojlantirish usullarini qo‘llash. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, elektron darsliklar va multimediali vositalardan samarali foydalanish.

 

Natijalar:

Bitiruvchilar:

• rus tili, adabiyoti va ularni o‘qitish metodikasi sohasidagi asosiy nazariy tushunchalar va zamonaviy yondashuvlarni biladi;

• rus tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi, leksikologiyasi va stilistikasining nazariy asoslarini mukammal egallaydi;

• rus adabiyotining asosiy davrlari, janrlari va namoyandalarini chuqur tahlil qila oladi;

• ta’lim jarayonini loyihalash, dars o‘tish, o‘quvchilarning bilimini baholash va rivojlantirish metodikasini biladi;

• zamonaviy sotsio-, psixo- va didaktik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llay oladi;

• ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat ta’lim standartlarini biladi;

• lingvistik va adabiy materiallar bilan ishlashda raqamli texnologiyalardan foydalana oladi.

 

Bitiruvchilarning faoliyat sohalari

• Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari. Maktab, litsey va kollejda rus tili va adabiyoti fanlaridan dars o‘tish, sinfdan tashqari adabiy va ijodiy ishlarni tashkil etish.

• Ta’lim tizimidagi metodik markazlar. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, dars ishlanmalari, test materiallarini ishlab chiqish.

• Madaniyat va ommaviy axborot vositalari. Tarjimonlik, muharrirlik, tahrir va badiiy tahlil ishlari bilan shug‘ullanish.

• Ilmiy-tadqiqot faoliyati. Filologik, lingvistik yoki pedagogik yo‘nalishdagi tadqiqotlar olib borish.

• Raqamli ta’lim texnologiyalari sohasi. Elektron darsliklar, interaktiv ta’lim resurslari va o‘quv dasturlarini yaratishda ishtirok etish.

O'xshash dasturlar