WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Pedagogika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

І. Fanning mazmuni.

Fanni o‘qitishdan maqsad - bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik  fanlarning nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish.

Fanning vazifasi - ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim uning rivojlanish jarayoni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bog’liqligi to’g’risida aniq tasaw ur hosil qilish.

1-mavzu. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini rivojlantirishning kontseptual   asoslari.

Mustaqil O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar
tayyorlashning huquqiy asosi sifatida. Mustaqqillik yillarida pedagogik fikrlar
rivojining asosiy yo’nalishlari.

2-mavzu. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to'g'risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari.

Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchaiari. Pedagogik fanlarning tuzilishi. Pedagogik fanlar tizimi. Ilmiypedagogik tadqiqot metodlariga tavsif.

3-mavzu. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi.Yaxlit pedagogik jarayon.

Shaxs haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishi. Shaxs rivojlanishining omillari.
Bola shaxsi tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Shaxs faolligi.
 

4-mavzu: Didaktika pedagogik ta'lim nazariyasi. O'qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogika-ning tarkibiy qismi sifatida.
Didaktikaning maqsad va vazifalari
.

5-mavzu: Ta'lim mazmuni. Ta'lim metodlari va vositalari.   Ta’lim metodlari va usullari tushunchaiari. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Sharq mutafakkirlari ta’lim metodlari haqida. Ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo’llari

 6-mavzu: Ta'limni tashkil etish shakllari va turlari. STEAM ta'lim (STEAM education). Ta’lim turlari. Ta’limni tashkil qilish shakllari haqida tushuncha. Ta’limni tashkil qilishning an’anaviy sinf-dars shakli. Dars turlari va tuzilishi. Ta’limni tashkil qilishning noan’anaviy shakllari: o’quv dialogi, munozara, didaktik o’yinlar, trening va boshq. Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida ma’ruza va seminar. O’quv ishlarini tashkil qilishning darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari shakllari.

 

O'xshash dasturlar