WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Toshkent viloyati Davlat Veb-sayt

21,000

Talabalar

32

Xorijiy talabalar

516

O'qituvchilar

8

Fakultetlar

28

Kafedralar

2017

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3152-sonli qaroriga muvofiq dastlab “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti” sifatida tashkil etilgan. Universitetning asosiy maqsadi Toshkent viloyati va hududlardagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ayniqsa aniq fanlar va chet tillari bo‘yicha ehtiyojni qondirishdan iborat.

Bugungi kunda universitet zamonaviy talablarga mos, bilimli va innovatsion fikrlovchi pedagoglarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Ta’lim jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshiriladi: amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘rgatish, pedagogik etikani shakllantirish, ko‘p bosqichli amaliyot tizimi, ixtisosliklar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik, xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi.

Ta’lim kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, Bakalavriat (4 yil) va Magistratura (2 yil) bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun Doktorantura (PhD, DSc) yo‘lga qo‘yilgan. Universitet Chirchiq shahrida joylashgan bo‘lib, zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalar, sport majmualari va talabalar turar joylariga ega. Bugungi kunda universitet bilim, mas’uliyat va professionallik tamoyillariga sodiq qolgan holda minglab talabalarga ta’lim berib, O‘zbekiston ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

Xorijiy talabalar uchun

“LEVEL UP” Ingliz tili kurslari

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakultetida faoliyat yuritayotgan “LEVEL UP” ingliz tili kurslari talabalarning xorijiy til kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan muhim ta’lim tashabbuslaridan biridir. Kurslar doirasida muntazam mashg‘ulotlar tashkil etilib, talabalar nutq, tinglab tushunish hamda kommunikativ ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Mazkur kurslar talabalarning IELTS va CEFR Multi-level kabi xalqaro va milliy til sertifikatlariga tayyorgarligini kuchaytiradi. Bugungi kunga qadar 40 nafardan ortiq talaba kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi ( certificates )  hamda magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Hozirgi vaqtda esa yana 25 nafar talaba kurslarda faol ishtirok etib, ingliz tilini chuqur o‘rganishni davom ettirmoqda.

 

Xalqaro hamkorlik

Biz ta’lim sifatini muntazam oshirishga intilamiz. Ushbu maqsadga erishish usullaridan biri xalqarolashtirish darajasini oshirish, shu jumladan talabalar va o'qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirishdir. Universitetmiz yaqinda tashkil etilganiga qaramay, biz Markaziy Osiyo, Malayziya, Koreya, Rossiya, Germaniya, Polsha va Turkiyaning 60 ga yaqin universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz.

Ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari doirasida biz talabalar va o'qituvchilar/xodimlar almashinuvini tashkil qilamiz va qo'llab-quvvatlaymiz. Chet elda o'qishni xohlovchi ChDPU talabalariga yordam taklif etamiz. Shuningdek, biz xalqaro talabalarga maslahat va yordam beramiz.

 

 

 

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

.

Fakultetlar

Fakultet bugungi kunda zamonaviy ta’lim talablari asosida yuqori malakali pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi: Informatika va axborot texnologiyalari, Informatika o‘qitish metodikasi, Matematika o‘qitish metodikasi va geometriya, Algebra va matematik analiz. Ushbu kafedralar negizida 5110100 – Matematika o‘qitish metodikasi, 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi, 60110600 – Matematika va informatika bakalavriat yo‘nalishlari hamda 70110601 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda fizika va astronomiya yo‘nalishlari bo‘yicha ham ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda chuqur nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Fakultetda Fizika va astronomiya, Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi, Aniq fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) magistratura mutaxassisliklari mavjud. Bundan tashqari, fakultetda PhD doktorantura yo‘nalishi orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.

Turizm fakulteti tashkil etilguniga qadar fakultet tarkibidagi Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda Ingliz tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi 2017-yilda tashkil etilgan “Tarix va tillar” fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. Ma’lumki, 2020-yilda mazkur fakultet “Gumanitar fanlar” fakulteti deb qayta nomlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi **“Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi qarorining 9-bandiga muvofiq hamda 2021-yil 23-avgustdagi Institut Kengashining 1-sonli yig‘ilishi qarori asosida Turizm fakulteti tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan fakultet tarkibiga Gumanitar fanlar fakultetidan “Xorijiy tillar”, “Fakultetlararo chet tillar” kafedralari, shuningdek, Kengash qarori bilan tashkil etilgan “Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari” kafedrasi o‘tkazildi. Bugungi kunda Turizm fakulteti zamonaviy ta’lim talablari asosida turizm, xorijiy tillar va kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha raqobatbardosh, malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan holda faoliyat yuritmoqda.

Gumanitar fanlar fakulteti 2017-yilda “Tarix va tillar” fakulteti sifatida tashkil etilgan. Chirchiq davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet) Kengashining 2020-yil 31-oktabrdagi 4-sonli yig‘ilishi qaroriga muvofiq, fakultet Gumanitar fanlar fakulteti deb qayta nomlangan.

Bugungi kunda fakultetda jami 3311 nafar talaba zamonaviy jihozlangan auditoriya va laboratoriyalarda turli ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olmoqda. Jumladan, 1517 nafar talaba kunduzgi bakalavriatda, 167 nafar talaba kunduzgi magistraturada, 17 nafar talaba kechki magistraturada, 1407 nafar talaba sirtqi (2-OT) ta’limda hamda 203 nafar talaba kechki ta’limda o‘qimoqda.

Fakultetda jami 117 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan 9 nafari fan doktori (professor), 38 nafari fan nomzodi (dotsent)dir. Ta’lim jarayoni ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar (tarix, milliy g‘oya, huquq ta’limi) hamda filologiya yo‘nalishlari (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o‘zga tilli guruhlarda rus tili, qozoq tili, tojik tili) bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida olib boriladi. Talabalar kunduzgi, sirtqi, kechki va magistratura shakllarida ta’lim oladilar.

Shuningdek, fakultetda til sertifikatiga ega yosh o‘qituvchilar tomonidan ayrim fanlarning ingliz tilida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan, o‘quv jarayonida zamonaviy elektron dastur va resurslardan foydalaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60111100 — Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

  • 60220300 — Tarix

  • 60110700 — O‘zbek tili va adabiyoti

  • 60110800 — Ona tili va adabiyoti (qozoq tili)

  • 60110800 — Ona tili va adabiyoti (tojik tili)

  • 60110800 — Ona tili va adabiyoti (rus tili)

Magistratura mutaxassisliklari:

  • 70110101 — O‘zbek tili va adabiyoti

  • 70110801 — Ona tili va adabiyoti (rus tili)

  • 70110801 — Ona tili va adabiyoti (qozoq tili)

  • 7011101 — Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)

  • 7011102 — Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi)

  • 70220303 — Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)

MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetining Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 2021-yil 23-avgustdan boshlab o‘quv-uslubiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda mustaqil faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultet universitet tuzilmasida muhim o‘rin tutib, ta’lim sifatini oshirish hamda raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.

Hozirgi kunda fakultetda 1444 nafar kunduzgi, 126 nafar kechki, 160 nafar ikkinchi oliy ta’lim hamda 1820 nafar sirtqi bo‘lim talabalari tahsil olmoqda. Ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, nazariya va amaliyot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Fakultet kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. O‘qish muddati kunduzgi bo‘limda 3 yil (6 semestr), sirtqi bo‘limda esa 5 yilni tashkil etadi. Sirtqi ta’lim uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlar o‘qish va mehnat faoliyatini birgalikda olib borish imkonini beradi. Fakultetning asosiy akademik maqsadi — maktabgacha ta’lim muassasalari hamda boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega pedagog kadrlar tayyorlashdan iborat.

Pedagogika fakulteti 2019-yilda tashkil etilgan. Fakultetning strategik missiyasi — ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida integratsion hamda intensiv ta’lim dasturlarini joriy etish, pedagogik ta’lim amaliyotiga yangi yondashuvlarni (aralash ta’lim, inklyuziv ta’lim, integratsiyalashgan ta’lim) tatbiq etish va raqamlashtirish texnologiyalarini uyg‘unlashtirish orqali fakultetning zamonaviy imidjini shakllantirish, shuningdek, ta’lim klasteri muhitida uzluksiz ta’lim samaradorligining pedagogik-psixologik asoslarini yaratishdan iborat.

Fakultetning strategik maqsadi — pedagogik ta’limning innovatsion klasteri doirasida pedagogik-psixologik asoslarni chuqur tadqiq etish, modernizatsiyalashgan o‘quv fanlari hamda innovatsion ta’lim amaliyoti yutuqlariga mos metodikalarni ishlab chiqish asosida kompleks kompetensiyalarga ega, raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashdir.

Pedagogika fakultetining istiqbolli rivojlanish konsepsiyasi — ta’lim klasteri sharoitida ilmiy-metodik muhit samaradorligini ta’minlash bo‘lib, u quyidagi 7 asosiy komponentni qamrab oladi: maktab laboratoriyasi, inklyuziv ta’lim, talabalar bandligi, aralash ta’lim, jozibadorlik, akademik mobillik va ilmiy-tadqiqot klasteri. Fakultet mazkur yo‘nalishlar asosida ta’limdagi yangi yondashuvlarga tayangan holda rivojlanayotgan, zamonaviy va raqobatbardosh oliy ta’lim muassasasi sifatida shakllanishni maqsad qilgan.

Pedagogika fakultetining shiori:
“Pedagogik ta’lim paradigmalari asosida ilmiy-metodik muhit samaradorligini ta’minlash nazariyasi va amaliyotini transformatsiyalash.”

Chirchiq davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet) qoshidagi Tabiiy fanlar fakulteti dastlab 2017-yilda “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Fakultet faoliyatini mustaqil yo‘lga qo‘yish borasidagi muhim hujjat 2019-yil 31-avgustda qabul qilinib, institut rektorining 2019-yil 31-avgustdagi №01-642 sonli buyrug‘iga muvofiq Tabiiy fanlar fakulteti “Aniq va tabiiy fanlar” fakultetidan alohida, mustaqil fakultet sifatida ajralib chiqdi.

Bugungi kunda fakultetda 1328 nafar talaba zamonaviy jihozlangan auditoriya va laboratoriyalarda turli ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olmoqda. Jumladan, 694 nafar talaba kunduzgi bakalavriatda, 29 nafar talaba kunduzgi magistraturada, 407 nafar talaba sirtqi va ikkinchi oliy ta’limda hamda 198 nafar talaba kechki ta’limda o‘qimoqda.

Fakultetda jami 49 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan 8 nafari fan doktori, professor, 20 nafari falsafa doktori (PhD/fan nomzodi) va 21 nafari tajribali professor-o‘qituvchilardir. Ta’lim jarayoni bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida olib boriladi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

  • Kunduzgi ta’lim: Biologiya; Geografiya; Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

  • Sirtqi ta’lim: Biologiya

  • Kechki ta’lim: Biologiya; Geografiya; Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

Magistratura mutaxassisliklari:

  • Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)

  • Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)

Doktorantura yo‘nalishlari:

  • O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi

  • Mikrobiologiya va virusologiya

  • Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

 

Jismoniy madaniyat fakulteti dastlab 2019-yil 27-avgustda institut kengaytirilgan kengashining 1-son qaroriga muvofiq Sport va chaqiriqqacha harbiy fakulteti sifatida tashkil etilgan. Keyinchalik, 2023-yil 27-oktabrdagi 01-242-son buyrug‘iga asosan u rasman Jismoniy madaniyat fakulteti deb qayta nomlandi. Fakultet Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Bobur ko‘chasi 22-uy manzilida, Chirchiq davlat pedagogika universitetining 5-binosida joylashgan.

Bugungi kunda fakultetda 2276 nafar talaba turli ta’lim shakllarida tahsil olmoqda: 743 nafar kunduzgi, 13 nafar magistratura, 1432 nafar sirtqi (2-OT) hamda 88 nafar kechki ta’limda.

Fakultetda 40 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, jumladan 1 nafar fan doktori, professor va 12 nafar fan nomzodi, dotsentlar mavjud. Fakultet bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlaydi.

Ta’lim yo‘nalishlari:

  • Jismoniy madaniyat (jismoniy madaniyat va xotin-qizlar sporti)

  • Texnologik ta’lim

Chirchiq davlat pedagogika universitetining San’atshunoslik fakulteti 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultetning asosiy maqsadi — tasviriy san’at, dizayn, muhandislik va kompyuter grafikasi hamda musiqa ta’limi yo‘nalishlarida bozor iqtisodiyoti va zamon talablariga mos, kreativ fikrlaydigan, xalqaro miqyosda raqobatbardosh ijodkor pedagog kadrlar tayyorlashdir.

Fakultet bakalavriat va magistratura bosqichlarida quyidagi ta’lim dasturlarini taklif etadi.

Bakalavriat dasturlari:

  • 60110500 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi: Badiiy ko‘nikmalarni texnik chizmachilik va grafik tasvirlash bilan uyg‘unlashtiradi.

  • 60210400 – Dizayn: interyer dizayni: Makonni rejalashtirish, material tanlash va dizayn tamoyillariga yo‘naltirilgan.

  • 60210400 – Dizayn: libos va gazlamalar: Kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlarini loyihalash va yaratishga ixtisoslashgan.

  • 60110600 – Musiqa ta’limi: Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashga qaratilgan.

Magistratura dasturlari:

  • 70110501 – Tasviriy san’at: Badiiy amaliyot, nazariya va tanqidiy tahlil bo‘yicha chuqurlashtirilgan tayyorlov.

  • 701110502 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi: Texnik illustratsiya, grafik kommunikatsiya va dizayn nazariyasining ilg‘or yo‘nalishlari.

Ta'lim yo'nalishlari

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 Magistr
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 Magistr
Biologiya 60510100 Bakalavr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 Bakalavr Magistr
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 Bakalavr
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati:Ingliz tili 71010501 Bakalavr
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 70111101 Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr Magistr
Kimyo 60110800 Bakalavr
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 Magistr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 Bakalavr
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 Bakalavr
Matematika va informatika 60110600 Bakalavr
Maxsus peadagogika (surdotarjimonlik faoilyati) 60112700 Bakalavr
Maxsus peadagogika defektologiya (surdopedagogika) 70110401 Magistr
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60110300 Bakalavr
Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 Bakalavr
Maxsus pedagogika, defektologiya (logopediya) 70110401 Bakalavr Magistr
Maxsus pedagogika: Tiflopedagogika 60112700 Bakalavr
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 Bakalavr
Musiqa ta’limi 60110600 Bakalavr
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 Bakalavr Magistr
O'zbek tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) 60110700 Bakalavr
Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) 60111500 Bakalavr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr Magistr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr Magistr
Tarix 60220300 Bakalavr
Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati 70111201 Magistr
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 Bakalavr
Ta’lim muassasalarining boshqaruvi 70110103 Magistr
Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 Magistr
Texnologik ta’lim 60111300 Bakalavr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr Magistr
Umumiy psixologiya 60310300 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr Magistr
Xorijiy til va adabiyoti: Nemis tili 60111800 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Ravshan Xayrullayev

Ravshan Xayrullayev — O‘zbekiston U-23 terma jamoasi hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ishtirokchisi bo‘lgan “Buxoro” klubining yarim himoyachisi. U 2005-yil 21-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ravshan Xayrullayev maydondagi harakatchanligi, texnik mahorati va o‘yinni o‘qish qobiliyati bilan ajralib turadi. U yosh bo‘lishiga qaramay, milliy terma jamoa safida va professional klub darajasida munosib o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Uning sportdagi yutuqlari universitet bitiruvchilari uchun ilhom manbai bo‘lib, yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi va yuksak natijalarga intilishga chorlaydi.

Talabalar fikri

Professor Ahmad Mushtaq

Men, Professor Ahmad Mushtaq, Pokistonning Islomobod shahridagi Quaid-i-Azam universiteti O‘simliklar fanlari bo‘limi direktori va professori sifatida Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdan katta mamnuniyat bildiraman. So‘nggi yillarda ushbu universitetga bir necha bor tashrif buyurish va, ayniqsa, Biologiya kafedrasi talabalari uchun onlayn darslar o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldim. Har safar universitetda ilm-fanga bo‘lgan jiddiy munosabat, zamonaviy fikrlash, hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning bilimga chanqoqligi meni chuqur taassurot qoldirdi. Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘zining rivojlanishga intilayotgan akademik muhiti, xalqaro hamkorlikka ochiqligi va yosh mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, biologiya va tabiiy fanlar yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, talabalar bilan ishlashdagi tizimli yondashuv va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqish e’tiborga loyiq. Men ushbu universitetni Markaziy Osiyodagi istiqbolli va jadal rivojlanayotgan pedagogik oliy ta’lim muassasalaridan biri deb bilaman va kelgusida ham ilmiy-ta’limiy hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga ishonaman.