WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Ona tili va adabiyoti: rus tili

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60230100 — Ona tili va adabiyoti (rus tili)

60230100 — Ona tili va adabiyoti (rus tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

Ona tili va adabiyoti (rus tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida rus tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish, oliy ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha pedagogik faoliyat olib borish, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy faoliyat bilan shug‘ullanish, shuningdek, tarjima, tahrir, matnshunoslik, lingvistik ekspertiza va til hamda adabiyotga oid boshqa kasbiy faoliyatlarni amalga oshirishlari mumkin.

Mazkur ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va tahririyatlar, tarjima markazlari, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, nodavlat va notijorat tashkilotlari hamda markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida mutaxassislikka oid kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishi doirasida talabalarda rus tilining nazariy va amaliy asoslari, rus tili va adabiyoti, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, pedagogika, psixologiya, o‘qitish metodikasi, tarjima, nutq madaniyati va kommunikativ kompetensiyalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.

Ta’lim yo‘nalishining me’yoriy muddati 4 yil.

O'xshash dasturlar