Dastur haqida
PEDAGOGIKA FAKULTETI
60111300-Musiqa ta’limi
Musiqa ta’limi ta’lim yo‘nalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqa fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni, ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish huquqiga ega boʻladi.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
amaliy |
Laboratoriya |
seminar |
|||||
|
180 |
5400 |
2190 |
454 |
314 |
420 |
342 |
750 |
2460 |
|
Barcha bosqichlarda o‘quv rejada belgangan barcha fanlar o‘zbek tilida olib boriladi.
Malakaviy amaliyotni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi tashkilotlarida olib boriladi.
Kunduzgi ta’lim shaklida 3 yillik, sirtqi ta’lim shaklida 5 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng tarbiyachi mutaxassisligi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy taʼlim |
34 |
1-4 |
|
4 kun nazariy va amaliy taʼlim / 2 kun amaliyot |
60 |
3-6 |
|
Attestatsiyalar |
18 |
1-6 |
|
Malaka amaliyoti |
4 |
2,4,6 |
|
BMI |
5 |
7, 8 |
|
Kredit haftaligi |
2 |
2, 4 |
|
Taʼtillar |
29 |
1-6 |
|
Jami: |
152 |
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi
- iyun oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi
- iyun oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR
- Umumiy psixologiya
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi
- Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
- Amaliy o‘zbek (rus) tili
- Falsafa
- Musiqa nazariyasi
- Maktabgacha ta’limda musiqa o‘qitish metodikasi
- Cholg‘u ijrochiligi
- Vokal ijrochiligi
- Umumiy pedagogika
- Inklyuziv taʼlim. Davolash pedagogikasi
- Dinshunoslik
- Solfedjio
- Musiqa o‘qitish metodikasi. Maktab repertuari
- Cholg‘u ansambli
- Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
- Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—