WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Musiqa ta’limi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60111300 ─ Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda 3 yil, sirtqi ta’limda 4 yil bakalavriat dasturining me’yoriy muddati belgilangan.
60111300 ─ Musiqa ta’limi ─ fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi idoralar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish, davlat boshqaruvi organlari, ma`naviyat va ma`rifat markazlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
60111300 ─ Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida musiqa, musiqa fanlaridan dars berish, tashkilot va muassasalar tizimida yoshlar masalalari bo‘yicha yetakchi, metodist, ichki ishlar organlari hodimi va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash, ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish huquqiga ega bo‘ladi. 

O'xshash dasturlar