Dastur haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi
PQ-2909-sonli “ Oliy ta’lim tizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori hamda 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorlar asosida “Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti” ga asos solindi.
Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti 2020-yilda sentabr oyida tashkil qilingan bo‘lib hozirda dekanatda
11 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda va jami talabalar kontingenti 1703 nafardan oshgan, shu jumaladan xorijiy talabalar soni 1219 nafar (Turkmaniston 11 nafar, Qirg‘iziston 15 nafar, Hindiston 760 nafar, Pokiston 414 nafar, Rossiya 11 nafar, Avg‘oniston 2 nafar, Misr 1, Tojikiston 3 nafar, Nepal 1 nafar, Bangladesh 1 nafar)ni tashkil qiladi. 2026-2027 o‘quv yilida mahalliy talabalar kvotasi 50 nafar o‘zbek va rus ta’lim tillarida tashkil qilindi va xorijdan jalb qilinadigan talabalar soni 250 nafarga yaqin.
Shu bilan birga fakultetda 7 ta kafedra biriktirilgan va dekanat tomonidan kafedralar o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati nazorat qilinadi. Kafedralar ilmiy salohiyati yuqori va faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchilar professional pedagoglar hamda yetuk mutaxassislar hisoblanishadi. 2025-2026 o‘quv yilida 94 nafar talabalar “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini hamda xorijlik talabalardan 126 nafari “Davolash ishi” yo‘nalishini bitiruvchilari bo‘lishdi.
II. Fakultetga qarashli kafedralar.
-
Otorinoloringologiya va oftalmologiya kafedrasi
-
Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi
-
Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklar kafedrasi
-
Mikrobiologiya kafedrasi
-
Jamoat salomatligi va umumiy gigiyena kafedrasi
-
Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftiziatriya kafedrasi
-
Tibbiy biologiya va farmatsiya kafedrasi
O'xshash dasturlar
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
Farmatsiya
30 000 000 so'm
yiliga
Zarmed universiteti (Buxoro kompusi)
Davolash ishi
28 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Biotibbiyot muhandisligi
14 400 000 so'm
yiliga