WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Matematika va informatika

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Fanni o‘qitishdan maqsad-matematik analiz kursining asosiy maqsadi talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirishdan iboratdir. Ayni paytda u talabalarni mantiqiy fikrlashga, to‘g‘ri xulosa chiqarishga, matematik madaniyatini oshirishga va shu bilan birgalikda talabalarni zamonaviy matematika asoslari bilan tanishtirish, kasbiy faoliyatga oid masalalarini ongli ravishda tadqiq etish, muammolar yechimini topishda matematik analiz  imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni qo‘llay olishga o‘rgatishga xizmat qiladi.

Fanning vazifasi-matematik analiz fani matematik tushunchalar mazmunini, qoidalarni va usullarni ongli o‘zlashtirish orqali fikrlash madaniyatini egallash, axborotlarni tushunish, umumlashtirish va tahlil qilish, maqsadni qo‘yish va unga erishish yo‘llarini tanlash. Matematik analizning asosiy usullarini, jumladan nazariy va eksperimental tadqiqotlar usullarini  kasbiy faoliyatga qo‘llash kompetensiyalariga erishish va shu orqali matematik analiz fanining muhandislik, fizika, texnika, iqtisod va boshqa sohalarni o‘rganishda, ularning masalalarini yechishda, ayniqsa turli jarayonlarning matematik modellarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga egaligini anglash.                          

O'xshash dasturlar