Dastur haqida
|
I. Fanning mazmuni Fanni о‘qitishdan maqsad – talabalarda geometrik obyektlarni о‘rganishda topologik metodlar va differensial hisob-kitob usullarini tadbiq qilish kо‘nik-malarini shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – topologik, ochiq, yopiq akslantirishlar, topologik fazolarning tixonov ko‘paytmalari, topologik fazoning metrikalashgan fazo bo‘lishi uchun zaruriy va yetarli shartlar, differensiallanuvchi funksiyalar yordamida parametrlangan geometrik obyektlar, ya’ni chiziqlar va sirtlarning geometriyasini o‘rganishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fanni o‘granishda zaruriy metodlar bilan tanishtirish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalari bajariladi. Bu bilimlar differensial geometriya va topologiyaning zamonaviy tarmoq-lari bo‘lgan kardinal invariantlar, uzluksiz funksiyalarni davomlashtirish, ko‘pxilliklar, differensial topologiya, gomologiyalar nazariyasiga tatbiq qilishda, shuningdek ta’lim tizimida keng qo‘llaniladi. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Differensial geometriya va topologiya faniga kirish Topologiyaning asosiy tushunchalari. Chiziqlar va sirtlar nazariyasi to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Differensial geometriya va topologiyafanining predmeti va uslublari. 2-mavzu. Evklid fazosida topologiya. Evklid fazosi, Evklid topologiyasi. 3-mavzu. Metrik fazolar va metrik topologiya. 4-mavzu. Topologik fazolar. Topologik fazolarda ochiq va yopiq to‘plamlarning asosiy xossalari. Uzluksizlik va yaqinlashuvchanlik. 5-mavzu. Topologik fazolarni qurish. Topologik fazolar ko‘paytmasi, qism fazolar. 6-mavzu. Topologiya bazasi. Baza yordamida topologiya qurish. 7-mavzu. Ajrimlilik aksiomalari. Urison lemmalari. 8-mavzu. Bog‘lanishli to‘plamlar. Topologik fazoda bog‘lanishli to‘plamlar va ularning xossalari. 9-mavzu. Kompakt tо‘plamlar. Topologik fazoda kompakt tо‘plamlar va ularning xossalari. 10-mavzu. Yevklid fazolarida kompaktlik. Yevklid fazosida kompakt to‘plam. Kesma va yopiq kubning kompaktligi. 11-mavzu. Uzluksiz akstantirishlar. Topologik fazoda uzluksiz akstantirish ta’rifi, misollar. Uzluksizlik haqidagi teoremalar. 12-mavzu. Uzluksiz akslantirishda bog‘lanishlilik va kompaktlik. Chiziqli bog‘lanishli tо‘plam va uning xoccalari haqidagi teoremalar. 13-mavzu. Topologik akslantirishlar. Topologik akslantirish xossalari, misollar. Stereografik proyeksiya. 14-mavzu. Topologik gruppalar. 15-mavzu. Gomotopik akslantirishlar. 16-mavzu. Vektor-funksiya va uning differensial hisobi. Vektor-funksiya hisobi. Vektor funksiya limiti, hosilasi va differensiali. Vektor-funksiya uchun differensiallash va integrallsh qoidalari. 17-mavzu. Chiziqlar va ularning berilish usullari Elementar, sodda va umumiy silliq egri chiziqlar, egri chiziqning berilish usullari, parametrlash usullari. Egri chiziqning oddiy va maxsus nuqtalari. 18-mavzu. Egri chiziq urinmasi va yopishma tekisligi Egri chiziq urinmasi ta’rifi va xossalari. Egri chiziqning normal tekisligi tenglamasi. Yopishma tekislik tenglamasi, xossalari. Bosh normal va binormal tenglamalari. 19-mavzu. Egri chiziq yoyi uzunligi va tabiiy parametrlash usuli Egri chiziq yoyi uzunligi va uni hisoblash. Tо‘g‘rilanuvchi egri chiziq. Egri chiziqning tabiiy parametri. 20-mavzu. Egri chiziq egriligi va buralishi Egri chiziq egriligi va uni hisoblash. Chiziq buralishi va uni hisoblash. Frene formulalari. Chiziqning tabiiy tenglamalari. 21-mavzu. Egri chiziqli koordinatalar sistemasi. Egri chiziqli koordinatalar sistemasi. Egri chiziqli koordinatalar sistemasida chiziq yoyi uzunligi. Riman metrikasi tushunchasi. 22-mavzu. Sirt tushunchasi va uning berilish usullari. Elementar, sodda va umumiy sirt tushunchalari. Sirtlarning berilish usullari. 23-mavzu. Sirtning urinma tekisligi Sirt ustida yotuvchi egri chiziqlar. Sirtning urinma tekisligi va normali tenglamasi. Urinma tekislik uchun bazis. Urinma vektor va uning koordinatalari. Urinma vektor koordinatalarining bir bazisdan ikkinchi bazisga о‘tishda о‘zgarishi. 24-mavzu. Sirtning birinchi kvadratik formasi Sirtning birinchi kvadratik formasi. Sirt ustida yotuvchi chiziqlar uzunligini hisoblash, ikki egri chiziq orasidagi burchak. 25-mavzu. Sirtning ikkinchi kvadratik formasi Sirtning ikkinchi kvadratik formasi. Men’ye formulasi. Sirtning normal egriligi. Bosh egriliklar va yо‘nalishlar. Eyler formulasi. Sirt nuqtalarining klassifikatsiyasi. Dyupen indikatrisasi. 26-mavzu. Sirtning asosiy tenglamalari Gauss va Veyngartenning derivatsion formulalari. Kristoffel simvollari. 27-mavzu. Birinchi va ikkinchi kvadratik formalar orasidagi bog‘lanish. Bonne teoremasi. 28-mavzu. Sirtning ichki geometriyasi Sirtlarning ichki geometriyasi. Geodezik chiziqlar. Yarim geodezik koordinatalar sistemasi. Vektorlarni parallel kо‘chirish. 29-mavzu. Vektor maydonlar va ularning integral chiziqlari Yevklid fazosida vektor maydonlar. Vektor maydonlarning integral chiziqlari. Sirtlarda berilgan vektor maydonlar va ularning integral chiziqlari. 30-mavzu. Vektorlarni sirt ustida parallel kо‘chirish Vektor maydonning kovariant differensiali va uning xossalari. Urinma vektorlarni parallel kо‘chirish. III. Amaliy mashg‘ulotlar bо‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p ma’lumotlar orasidan kerakligini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi. Talabalar mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. |
|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirishda natijasida talaba:
|
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
|
|
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. |
|
VII. Asosiy adabiyotlar
Qo‘shimcha adabiyotlar
Axborot mаnbааlаr |
O'xshash dasturlar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Yangi asr universiteti
Matematika
18 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Amaliy matematika
17 834 925 so'm
yiliga
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Matematika
20 000 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Matematika
17 834 925 so'm
yiliga