WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

60410800 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Tavsif: Ushbu ta’lim dasturi orqali talabalar zamonaviy iqtisodiyotda korxona va tashkilotlarni boshqarish, strategik rejalashtirish, marketing, moliyaviy menejment va inson resurslarini boshqarishning nazariy, uslubiy va amaliy asoslari to‘g‘risidagi bilimlar asosida biznes va davlat boshqaruvi sohalarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mazkur ta’lim yo‘nalishi raqobatbardosh muhitda samarali qarorlar qabul qila oladigan va biznes jarayonlarini boshqaruvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

“Menejment” ta’lim yo‘nalishi talabalari 4 yil davomida operatsion menejment, strategik menejment, loyihalarni boshqarish, biznes tahlil va tadbirkorlik asoslari kabi eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirish orqali ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Ushbu ta’lim yo‘nalishida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.

O'xshash dasturlar