Dastur haqida
60410800 - Menejment
Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: Menejment
ECTS kreditlari: 240
Qisqacha tavsif: “Biznes, boshqaruv va huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish – iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashda, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan vositalari, usullari va uslublari bilan bog‘liq masalalar majmuasini qamrab oladi.
Amaliyot: Talabalar o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni o‘taydilar. Amaliyot davlat tashkilotlari, xususiy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, konsalting kompaniyalari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarida tashkil etiladi. Amaliyot davomida talabalar boshqaruv faoliyati, biznes jarayonlari va korxona faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tajriba orttiradilar.
Karyera istiqbollari: Bitiruvchilar menejer, biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis, loyiha menejeri, inson resurslarini boshqarish (HR) mutaxassisi, operatsion menejer, Davlat va mahalliy boshqaruv organlari mutaxassisi, korxona va tashkilotlarning turli bo‘limlarida rahbar va mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Dastur magistratura (MSc) va keyinchalik doktorantura (PhD) bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun zarur nazariy asosni beradi.
O'xshash dasturlar
Amerika texnologiyalar universiteti
Biznes va texnologiyalar
61 600 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Biznes boshqaruvi
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Biznes menejmenti
43 891 200 so'm
yiliga
Amerika texnologiyalar universiteti
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya
61 600 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Menejment
13 200 000 so'm
yiliga