Dastur haqida
| 60410100 ─ Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. 60410100 ─ Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar faoliyatining barcha shakllari, ularni ijtimoiy ─ iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy va moliyaviy masalalar yechimlarini, ya’ni likvidlilik va to‘lov qobiliyatini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. 60410100 ─ Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar biznes rejalarni ko‘rib chiqish va ular samaradorligini baholash; moliya bozorida vositachilik qilish; mijozlarni to‘lovga qobiliyatini baholash usullarini qo‘llash; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqishi; buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish; hisob ma’lumotlarini tayyorlash va umumlashtirish; buxgalteriya hisobi va audit tizimi faoliyatining xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va talablari asosida tahlil qilish; tizimidagi ko‘rsatkichlar dinamikasi va o‘zgarish tendensiyalarini tahlil qilish; faoliyatga doir moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hamda ularni tahlili qilish; buxgalteriya hisobi va audit xizmatlarini ko‘rsatishda dasturiy vositalardan foydalanish; sug‘urta mahsulotlarini sotishni va uning hisobini tashkil etish; sug‘urta kompaniyalarining buxgalteriya hisobini yuritish va hisoboti tuzish; bank xizmatlari hisobini tashkil qilish; hisob ─ kitob operatsiyalarini amalga oshirish; kredit operatsiyalarini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini amalga oshirish; banklarda faktoring va lizing operatsiyalarini amalga oshirish; bank ichidagi operatsiyalarni amalga oshirish; buxgalteriya hisobi xizmatini zamonaviy iqtisodiy bilimlar hamda sohaga oid xalqaro standartlarni qo‘llash asosida tashkil etish va boshqarish; buxgalteriya hisobi va audit xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ish rejasini tuzish, bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash; buxgalteriya hisobi xizmati va audit sohasini milliy va xalqaro standartlar talablariga mos rivojlanib borishini ta’minlash borasida ishlarni amalga oshirish; tashkilot mablag‘laridan samarali foydalanish, ularni nazorat qilish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish; tashkilot investitsiyalari samaradorligini baholash; ilmiy ─ tadqiqot institutlari va markazlarda tarmoqlar va sohalarni zamonaviy boshqarish usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; xo‘jalik yurituvchi subyektlarni buxgalteriya hisobining milliy standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish, buxgalteriya hisobini mazkur standartlar talablari asosida yuritishga bag‘ishlangan mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan ─ texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy ─ texnik axborotlarni o‘rganish va tizimlashtirish; tadqiqot natijalari va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish; innovatsiyaga asoslangan yangi biznes ─ loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish; biznesni tashkil etish, biznes ─ rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning alohida bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish; buxgalteriya xizmatining joriy faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish; ichki nazorat, davlat (shahar) moliyaviy nazorati, ichki va tashqi audit, audit, soliq va boshqa tekshiruvlar jarayonida buxgalteriya xizmati xodimlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish; buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarini tuzish bo‘yicha ishlarni bajarish tartibi va muddatlarini rejalashtirish, belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari taqdim etilishini ta’minlash kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. |
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga