O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi
Dastur haqida
Nomi: Texnogen san’at (musiqiy ovoz rejissyorligi)
Tavsif:
Fanning vazifasi. Musiqiy ovoz rejissorligi san’atining rivojlanish bosqichlari. Tovush, uning fizik tafsilotlari.
Fanni o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar ovoz rejissorligining turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Ushbu fan bo‘yisha talabalar mukammal ravishda musiqiy ovoz rejissorligi san’atining tarixiy taraqqiyot jarayoni, klassik musiqa san’atning turli janr va shakllaridagi asarlarning ovoz yozuvlari, ularning tenglashtirish jarayonlari hamda urlarini tahlil qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarni namoyish etishlari zarur.
Siz 4 yil davomida Texnogen san’at (musiqiy ovoz rejissyorligi)ning nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:
Jami auditoriya soati: 240 soat
Malakaviy amaliyot: 240 soat
Bitiruv malakaviy ish: 25 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
13 |
2-4-6-8 |
|
|
Attestatsiyalar |
22 |
1-8 |
|
|
Bitiruv malakaviy ishi |
5 |
8 |
|
|
Kredit tizimiga kirish |
4 |
1-3-5-7 |
|
|
Ta’til |
40 |
1-8 |
|
|
Jami: |
204 |
|
Izoh:
-
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
-
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
-
Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.
-
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
-
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi: O‘quv-tanishuv amaliyoti (2-semestrda jami 120 soat), Ovoz yozuvi amaliyoti (4-semestrda jami 120 soat), Pedagogik amaliyot (6-semestrda jami 120 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 30 soat).
-
Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi
-
San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.
-
Bitiruv malakaviy ishi (ijodiy ish – audio yozuvlar va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi.
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga