WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Kutubxona axborot faoliyati

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Mazkur magistratura dasturi kutubxona-axborot muhitida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kutubxonaviy xizmatni tashkil etish, bibliografik va axborot tahlilini amalga oshirish, hamda ilmiy-pedagogik faoliyat yuritishga tayyor mutaxassislarni yetishtirishga yo‘naltirilgan. Dastur doirasida kutubxonashunoslik, axborot menejmenti, ilmiy tadqiqot metodlari, kutubxona xizmatini raqamlashtirish va pedagogik innovatsiyalar kabi yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi.

Bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy kutubxonalar, axborot markazlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida pedagog-tadqiqotchi va yuqori malakali kutubxonachi sifatida faoliyat olib borishlari mumkin.

 

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida 120 kredit to ‘plashingiz zarur bo ‘ladi.

Jami auditoriya soati 1800 soat

Ilmiy amaliyot (stajirovka) 300 soat

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1–3

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot

(stajirovka)

5

4

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi

13

1-4

Atestatsiyalart

16

2, 4

Kredit ta’lim tizimiga                

3

8

Ta’til haftalari soni

18

1–4

Jami

 100

 

 

Izoh:

1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2. Kurs loyihasi, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.

3. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.

4. Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

 

O'xshash dasturlar