WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
AFRASIAB UNIVERSITY

Xalqaro munosabatlar

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Xalqaro munosabatlar (bakalavriat ta’lim yo‘nalishi) — xalqaro siyosat, diplomatiya, geosiyosat va davlatlararo hamkorlik sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim yo‘nalishidir.

Ushbu yo‘nalishda talabalar xalqaro munosabatlar nazariyasi, diplomatiya, xalqaro huquq, jahon siyosati, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, geosiyosat, mintaqaviy tadqiqotlar hamda xorijiy tillarni o‘rganadilar. Ta’lim jarayonida talabalarda xalqaro jarayonlarni tahlil qilish, muzokaralar olib borish, diplomatik muloqot yuritish va xalqaro hamkorlik loyihalarini boshqarish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilib, talabalarda xalqaro tashkilotlar va davlat boshqaruvi tizimlarida samarali faoliyat yuritish kompetensiyalari rivojlantiriladi.

Bitiruvchilar tashqi ishlar tizimi, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, davlat boshqaruvi organlari, tahliliy markazlar, ommaviy axborot vositalari hamda xalqaro hamkorlik bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar