WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Central asian university

Xalqaro biznes huquqi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Xalqaro Biznes bo‘yicha Bakalavriat (BA) — CAU Biznes Maktabida

CAU Biznes Maktabi talabalarga Germaniyadagi CBS International Business School bilan 3+1 formatida ikki diplomli dasturda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi. CAUda 3 yil tahsil olgach, talaba CBSga ko‘chib o‘tadi va oxirgi kursni o‘qib, CAU va CBS diplomlariga ega bo‘ladi.

Bu dastur sizga ijtimoiy fanlarning biznesdagi innovatsiyalarni boshqarishdagi rolini ochib beradi. Zamonaviy tadqiqotlarni tanqidiy baholash orqali siz kreaktiv sanoatdagi jarayonlarni chuqur anglab olasiz.

O‘quv jarayonida siz amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratasiz, bu esa sizni har qanday kreaktiv sohada (moda, texnologiya, musiqa va boshqalar) tadbirkorlik qobiliyatlari bilan ta’minlaydi.

Kurs axloqiy va intellektual tahlil qobiliyatlarini rivojlantirib, sizning biznesdagi kasbiy o‘sishingizni qo‘llab-quvvatlaydi.


Nimalarni o‘rganasiz

Ushbu dastur nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda puxta va keng qamrovli ta’lim tajribasini taqdim etadi. Har bir kurs laboratoriyalar va ustozlar bilan ishlash orqali mustahkamlanadi.

O‘quv reja yildan yilga o‘zgarishi mumkin.


1-kurs

1-semestr:

  • Biznes asoslari (majburiy)

  • General English 1 & 2 / Academic English 1 (majburiy)

  • AKT tizimlari va vositalari 1 (majburiy)

  • Falsafa / O‘zbekiston tarixi (tanlov)

2-semestr:

  • Menejment asoslari (majburiy)

  • Academic English 1 & 2 (majburiy)

  • AKT tizimlari 2 (majburiy)

  • Biznes matematikasi (majburiy)

  • Sotsiologiya / Iqtisodiyot asoslari (tanlov)


2-kurs

Moliyaviy hisobot / Statistika / Biznes kommunikatsiya / Mikroiqtisodiyot / Menejerlik qaror qabul qilish (majburiy)

  • Tanlov fani

Xalqaro HR / Tashkiliy xulq / Integratsiyalashgan tadqiqotlar / Xalqaro biznes / Makroiqtisodiyot (majburiy)

  • Tanlov fani


3-kurs

Xalqaro siyosiy iqtisodiyot / Xalqaro savdo / Operatsiyalarni boshqarish / Xalqaro marketing / Moliya asoslari (majburiy)

  • Tanlov fani

Biznes huquqi / Tashkiliy nazariya va dizayn / Biznes analitika / Global ta’minot zanjiri / Loyihalarni boshqarish (majburiy)

  • Tanlov fani


4-kurs

Raqamli biznes modellari / Konsalting / Strategik menejment / Madaniyatlararo boshqaruv / O‘zbek tilida ish yuritish / Tadqiqot metodlari (majburiy)

  • Tanlov fani

Biznes simulyatsiya / Innovatsiya va tadbirkorlik / Barqaror rivojlanish / Xalqaro muzokaralar / Capstone loyihasi / Bitiruv ishi (majburiy)

  • Yo‘nalish bo‘yicha tanlov fani


Karyera imkoniyatlari

Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yurita olishadi:

  • Savdo kompaniyalari

  • Oilaviy va sanoat korxonalari

  • Ekspo-Import firmalari

  • Ko‘pmillatli kompaniyalar

  • Global startaplar

AQSHdagi imkoniyatlar: CAU bitiruvchilari OPT (Optional Practical Training) orqali 24 oylik ish tajribasi to‘plashlari mumkin.

Qo‘shimcha tahsil CAU sizga magistratura bosqichida ham o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.

Professional MBA 2 yillik kechki darslar bilan professional tajriba orttirish.

Ikki diplomli (1+1) dastur Colorado State University bilan 1 yil CAU, 1 yil AQSHdagi CSUda — 2 ta diplom.
 

O‘qish to‘lovi

Universitetdagi o‘qish to‘lovi ta’lim jarayoni, imtihonlar va bitiruv marosimlari xarajatlarini qamrab oladi.
To‘lov har semestr uchun amalga oshiriladi va uni to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin.
Yiliga 10 000 AQSH dollari — xalqaro talabalar uchun.
So‘mlarda ko‘rsatilgan narx 2025-yil 16-iyul kungi valyuta kursiga asoslanib hisoblangan.

O'xshash dasturlar