WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

I. Fanning mazmuni

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga kompyuter tarmoqlarining qurish tamoyillari, tarmoqni loyihalash usullari, ma'lumotlarni uzatish texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari ierarxiyasi, tarmoq arxitekturasi va topologiyasi, tarmoqni boshqarish usullari, asosiy tarmoq protokollari, tarmoqda marshrutlash va ma'lumotlami uzatish jarayonlarini o’rgatish, shuningdek, turli xil turdagi tarmoq infratuzilmasini qurish va o'zaro ma'lumot almashishini ta'minlash masalalari bo’yicha ko'nikmasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuter tarmoqlarini qurish usullari va texnologiyalari, tarmoq protokollari haqidagi bilimlarni hosil qilish, marshrutlash protokollari, tarmoqni boshqarish va turli xil tarmoqlami loyihalash haqidagi amaliy ko’nikmalar hosil qilish, talabalarning amaliy faoliyatida olgan bilim, ko'nikmalarini kasbiy faoliyatida qo’llay olishga erishish.

II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu.  Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish tarixi. Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishiga muhim hissa qo'shgan kishilar, kompyuter tarmog’i tushunchasi, kompyuter tarmog’ining tarkibi.

2-mavzu.  Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish bosqichlari. Kompyuter tarmoqlarining asosiy qurilmalari.

3-mavzu.  Kompyuter tarmoqlarining standartlari. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mita. Kompyuter tarmoqlari standartlari va ularning texnologiyalari. IEEE oilasi standartlarini o'rganish.

4-mavzu.  Simli va simsiz tarmoq texnologiyalari. IEEE 802 standartlari (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16). Mobil tarmoq standartlari. Tarmoqni loyihalashning ilg’or dasturiy ta’minoti.

5-mavzu.  Tarmoq modellari va tarmoq arxitekturasi. Tarmoq arxitekturasi, tarmoqlar va tizimlar tushunchalari. Mijoz-server arxitekturasining turlari. Arxitektura turlari, topologiyalari, tarmoqqa kirish usullari, ularning xususiyatlari.

6-mavzu.  OSI va TCP/IP tarmoq modellari. OSI va TCP/IP modellarining o‘xshash jihatlari.

7-mavzu.  Ma'lumotlarni uzatishning fizik muhiti. Fizik sath. Tarmoq monitoringi (kechikish, o’tkazish qobiliyati). Kabellar turlari (o’ralma juftlik, koaksial kabel, optik tolali kabel).

8-mavzu.  Kanallarni kommutatsiyalash, paketlarni kommutatsiyalash. ISDN tarmoqlarini qurish arxitekturasi va texnologiyalari.

9-mavzu.  Kompyuter tarmoqlarining tasnifi. Kanal sathi. LAN, MAN va WAN tarmoqlari va ulaming qurilish usullari.

10-mavzu.  X.25, Frame Relay va ATM tarmoqlari. Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, Token Ring va FDDI texnologiyalari.

11-mavzu.  Simsiz va mobil tarmoqlar. Simsiz tarmoqlar tushunchalariga kirish. Bluetooth, Wi-Fi, WiMAX ning ishlash tamoyillari. Mobil tarmoqlar 3G, 4G va 5G texnologiyalari asosida tarmoqlami qurish. Mobil tarmoq tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari.

12-mavzu. Tarmoq protokollari. Tarmoq sathi. Tarmoq sathi vazifalarini va tarmoq texnologiyalarini o’rganish. Tarmoqlararo o’zaro ishlash va qurilmalar tavsifi: takrorlagichlar, konsentratorlar, ko’priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar va shlyuzlar. IPv4 protokolining tuzilishi. Manzillash: Internet-manzili, sinfli manzillash.

13-mavzu.  Marshrutlash: statik va dinamik marshrutlash usullari, marshrutlash jadvali. Marshrutlash protokollari: RIP, OSPF, BGP, bir manzilli va ko‘p manzilli marshrutlash protokollari. Marshrutlash algoritmlari: eng qisqa yo‘l algoritmi, masofaviy-vektorli marshrutlash, kanal holati bo yicha marshrutlash. ARP, RARP, 1P protokollari.

14-mavzu.  Transport sathi. Transport sathi protokollari. Transport xizmati: yuqori sathlarga taqdim etiladigan xizmatlar. Transport protokollari: UDP, TCP. Port va soket tushunchasi. Bog’lanishni o’rnatish. Bog’lanishni tugatish.

15-mavzu.  Oqimni boshqarish va buferlash. Multiplekslash va demultiplekslash. Yuklanish nazorati, Token Bucket va Leaky Bucket algoritmlari. Transportni tarmoqlarini qurish usullari: PDH, SDH, SONET va DWDM texnologiyalari, ulaming o’tkazuvchanlik qobiliyatini tahlil qilish.

16-mavzu. Amaliy sath. Trafikni tahlil qilish usullari. HTTP va HTTPS Intemet protokollari FTP, PuTTY va WinSCP fayl uzatish protokollari. Elektron pochta protokollari: SMTP, POP3, IMAP Domen nomlari tizimining roli va uning taqsimlangan tuzilishining afzalliklari (DNS). Trafikni tahlil qilishni o'rganish: MRTG, PRTG,SNMP,PacketTracer,Wireshark.
17-mavzu.  Tarmoq boshqaruvi. Tarmoqni boshqarishning asosiy vositalari, taqsimlangan tarmoqni boshqarishda domen nomlari serverining (DNS) roli. ICMP va SNMP kabi umumiy tarmoq boshqaruv protokollari.

18-mavzu.  Simli va simsiz tarmoqlarda qo’llaniladigan tarmoqni boshqarishning turli usullarini tahlil qilish. Qurilmalar, foydalanuvchilar, xizmat ko’rsatish sifati, ushbu texnologiyalarni o’rnatish va sozlash. ARP protokolining ishlash tamoyili. Tarmoqlar bilan bog’liq boshqaruvning funksional yo'nalishlarini, tarmoq muammolarini bartaraf etish usullarini o‘rganish.

19-mavzu.  Zamonaviy kompyuter tarmoqlari. 1PV6 ga kirish. IPv6 ning afzalliklari. Paket formatlari. Kengaytma sarlavhalari IPv4 dan IPv6 ga o'tish talablari: ikkilangan stek, tunnellash. sarlavhalarni uzatish. Ko‘p manzilli uzatish.

20-mavzu. Yangi tarmoq texnologiyalariga o'tishning zaruriy shartlari. SDN va NDN texnologiyalarining tamoyillari. SDN texnologiyasi arxitekturasi. OpenFlow protokollarining ishlash tamoyillari.

21-mavzu. Simsiz sensor tarmoqlari. Simsiz sensor tarmoqlari, simsiz sensorli tarmoq (WSN) tizimlarining xususiyatlari. Simsiz sensor tarmoqlarini qurishda qo'llaniladigan texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo'yiladigan talablar, sensor tarmoqlarining standartlari, sensor tarmoqlarida ma'lumotlarni marshrutlash, sensor tarmoqlarida axborot xavfsizligi va yechilmagan muammolar.

III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

     Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Tarmoq simulyatorlari haqida umumiy tushunchalar, ulaming imkoniyatlarini o'rganish. Cisco Packet Tracer ni o‘matish.
  2. Cisco Packet Tracer simulyator interfeysi va uning imkoniyatlarini o‘rganish.
  3. Tarmoqda manzillilik tamoyillari. Sinfli manzillash va tarmoq osti manzillarga taqsimlash.
  4. Cisco kommutatorlarining buyruqlar interfeysi bilan ishlash va boshlang'ich konfiguratsiyani o'matish. Cisco Packet Tracer da LAN tarmog ini loyihalash va qurish.
  5. Telnet va SSH protokollarini o‘rganish. Cisco Packet Tracer-da Telnet va SSH yordamida qurilmani sozlash.
  6. Cisco marshrutizatorlarining buyruqlar interfeysi bilan ishlash va dastlabki konfiguratsiyani sozlash. Cisco Packet Tracer da VLANni loyihalash va qurish.
  7. Cisco Packet Tracer da WAN tarmog‘ini loyihalash va qurish.
  8. DHCP ishlash tamoyillari. Cisco Packet Tracer da DHCP serverni sozlash.
  9. Cisco Packet Tracer da port xavfsizligi. Cisco Packet Tracerda marshrutizatorini sozlash va ACL standarti bilan ishlash.
  10. Tamioqda marshrutlashni o‘rganish, statik marshrutlash tamoyillari
  11. Dinamik marshrutlash tamoyillari. Cisco Packet Tracer da dinamik marshrutlash protokollarini o'rganish.
  12. Cisco Packet Tracerda korporativ tarmoqni loyihalash va qurish.
  13. Tarmoq serverining ishlash tamoyillarini o'rganish
  14. Pochta xizmatlari tarmogT modelini qurish. Cisco Packet Tracer da serverda pochta sahifasini yaratish.
  15. WEB xizmatlarning tarmoq modelini qurish. Cisco Packet Tracer da serverda WEB- sahifa yaratish.

Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

1. Hisoblash tarmoqlarining klassifikatsiyasi.

2. Tarmoq arxitekturasi pogʻonalari: fizik; kanal; tarmoq; transport; taqdim etish; amaliy.

3. Uzatuvchi muhitlar. Kanalning oʻtkazuvchanlik qobiliyati.

4. Lokal va global tarmoqlar. Internet tarmogʻi.

5. Berilganlarni kommutatsiyalash texnologiyalari.

6. Ethernet, Fast Ethernet, Token Ring texnologiyalari.

7. Lokal va global tarmoq protokollari va xususiyatlari.

8. OSI/ISO standartlari, TCP/IP protokollari.

9. Internetning ayrim ommaviy xizmatlari.

10. Mobil aloqa standartlari.

11. Lokal kompyuter tarmoqlarida axborotni uzatish.

12. Wi-Fi va Bluetooth standartlari.

13. Navigatsion va optik uzatuvchi tizimlar.

14. Lokal tarmoqlarni monitoring va tahlil qilish.

15. WWW, DNS va boshqa xizmatlar.

16. Namunaviy korporativ tarmoq uchun asosiy tarmoq protokollari va xizmatlari toʻplami.

17. Tarmoqni administratorlashning tipik masalalari.

18. Tarmoqlararo aloqa qilish prinsiplari.

19. Tarmoq operatsion tizimlari (Windows Server OT oilasi misolida).

20. Windows Server OT talqinlarining funksional imkoniyatlari.

Mustaqil oʻzlashtiriladigan mavzular boʻyicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

 V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

    Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:

operatsion tizimlar turlari va vazifalari, ularning sinflanishi va funksional qismlarining tavsiflari haqida tasavvurga ega boʻlishi;

jarayonlar va oqimlarni yaratish va ular bilan ishlash, tashqi qurilmalarni boshqarish, operativ xotiraning tuzilishi va uni taqsimlash, fayl tizimi va uni tashkil qilish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

qoʻllanish sohalari, apparaturaga va qoʻyilgan maqsadga muvofiq operatsion tizimni tanlash, ularni oʻrnatish va sozlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

VI. Taʼlim texnologiyalari va metodlari:

  • maʼruzalar;
  • individual topshiriqlar;
  • guruhlarda ishlash;
  • taqdimotlarni qilish;
  • jamoa boʻlib ishlash.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:

  Fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, tavsiya etilgan mustaqil ta‘lim mavzularni o‘z muddatida sifatli tayyorlash himoya qilish), joriy, oraliq nazorat shaklida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.

Asosiy adabiyotlar

1. Э. Таненбаум, Д.Уэзеролл. Компьютерные сети. 5-е изд. -СПб.: Питер, 2012.  960с.

2. В. Олифер, Н. Олифер. Компьютерные сети. Принципы, технологии,  протоколы: Учебник  для  вузов. 5-е изд. 2016. 992 с.

3. Limoncelli T., Hogan Ch., Chalup S. The Practice of System and Network Administration. Pearson Education, Inc., 2007, p.1024.

4. H.Nigmatov, N.X.Tursunov. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari. Toshkent 2018.

Qoʻshimcha adabiyotlar

5. Бройдо В. Л. Вычислительные системы, сети и телекоммуникации: Учебник для вузов. 2-е изд. -СПб.: Питер, 2004. -703 с.: ил.

6. Степанов А. Н. Архитектура вычислительных систем и компьютерных сетей. Учебное пособие. Питер, 2007 г. - 512 с.

7. Кульгин М. Технологии корпоративных сетей. Энциклопедия. — С. Пб.: «Питер», 2008, 704 с.

8. Thomas О., McLean J. Microsoft Windows Server 2008. Server Administrator (2nd Edition). MCITP Self-Paced Training Kit. Microsoft Press. 2011.

9. Оливер Ибе. Компьютерные сети и службы удаленного доступа: Пер. с англ.  М.: ДМК Пресс. -336 с.: ил

Internet manbaalari

1. https://compteacher.ru/nets/

2. https://www.bourabai.ru/nets/

3. https://www.wikipedia.org/

4. https://www.intuit.ru/

5. https://www.ziyonet.uz/

6. https://www.nuu.uz

O'xshash dasturlar