WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat texnika universiteti

Axborot tizimlari

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70610103- Axborot tizimlari  mutaxassisligi kasbiy faoliyatining sohalari bo‘yicha -Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI), bioinformatika, biomeditsina, axborot iqtisodiyoti, ijtimoiy media va ijtimoiy tarmoq tahlili sohalaridagi ilmiy-tadqiqot muassasa (ITM) va tashkilotlarda, markazlarda, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ma’lumotlar ilmi va kompyuter injiniringi sohasida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, axborotni qayta ishlash, mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy ta’minoti, dasturiy mahsulotlar va hisoblash texnikasining apparat vositalarini ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlari, Davlat interaktiv xizmatlari elektron hukumat tizimlarida elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalarida axborot almashinuvini shakllantirish, ilmiy tadqiqot va pedagogik jarayonni olib borish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar