WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Axborot xavfsizligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Аxborot xavfsizligi (60610200) bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼlib, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti orqali tashkil etilgan. Аxborot xavfsizligi yoʼnalishi talabalari davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar, firmalar, ishlab chiqarish birlashmalari va soha korxonalarida axborot xavfsizligi yoʼnalishi boʼyicha muhandis-dasturchilarni tayyorlaydi. Shuningdek, mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib beradi.

Аxborot xavfsizligi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasidagi yoʼnalish boʼlib, bakalavrlar axborot xavfsizligi sohasiga tegishli muammolarni oʼrganish va ularni yechish chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalda qoʼllash, korxona va tashkilotlar uchun axborot xavfsizligi tizimini loyihalash va amaliyotga tatbiq qilish, axborot xavfsizligi vositalari, xavfsizlik qurilmalari, axborotni uzatish va saqlash hamda qayta ishlash tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashni rejalashtirish va amalga oshirish, axborot xavfsizligining dasturiy-apparat taʼminotini loyihalash va ularning ekspluatasiyasi bilan bogʼliq boʼlgan jarayonlarining sifatini baholash uslublari va mexanizmlarini ishlab chiqish, axborot xavfsizligi muhandisligi va konstruktorlik yechimlarini amaliyotga tatbiq qilish, axborot xavfsizligi faoliyati boʼyicha ish rejasini tuzish, uni bajarish va nazorat qilish hamda natijalarni baholay olish, axborot-tahlil faoliyati natijalari boʼyicha hisobot tayyorlash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash, turli sohalarida texnologik jarayonlarini loyihalash, texnologik jarayonlar va mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, axborot tizimlarini dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy uslublarini qoʼllash kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:

Vazirlik, qoʼmita va tashkilotlar;

Oliy taʼlim muassasalari Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazlari;

IT Park va Cyber Park rezidentlari;

Xususiy korxona va tashkilotlarda kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

113

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

12

6,8

Attestatsiya

16

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1 – 8

Jami

204

 

 

        Izoh:

  1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
  2. GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
  3. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta’minlovchi fanlar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
  4. OTM Kengashi qarori bilan talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
  5. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
  6. O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  7. Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malaka amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
  8. Birinchi kursda qo‘yilgan K kredit modul tizimiga kirish va OTM bilan tanishish haftaligi sifatida tashkil etiladi.

 

O'xshash dasturlar