WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat texnika universiteti

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60610100 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatining sohalari bo‘yicha o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida axborotkommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter va ta’lim bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ta’limga oid markazlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining o‘quv-tarbiya jarayoni, axborot texnologiyalariga oid jarayonlar, axborot-kommunikatsiya tizimlariga tegishli dasturlar, ularning matematik, axborot va dasturiy ta’minoti, axborot-kommunikatsiya tizimlarini va multimedia texnologiyalari, ilmiy tadqiqot jarayonilari, ta’lim sohasining avtomatlashtirilgan texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish ob’ektlarida o‘rta umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida umumiy va maxsus fanlarni o‘qitishi, ishlab chiqarish jarayonlarida dasturchi bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar