WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60610200 ─ Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
60610200 ─ Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalariga tadbiq etish uchun zamonaviy axborot ─ kommunikasiya texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish, korxona/tashkilotlarda iqtisodiy axborotlarni kompyuterli qayta ishlashni tashkil etish, boshqaruv va biznes jarayonlarida foydalaniladigan axborot tizimlari va texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalarini tanlash, korporativ axborot tizimlari hamda zamonaviy dasturiy vositalar yordamida boshqaruv tizimini isloh qilish orqali elektron hukumatni samarali yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istiqbolini belgilash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60610200 ─ Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Milliy malaka ramkasining 6 ─ malaka darajasi hamda bakalavr kasbiy faliyatlarining sohalari, ob’yektlari va turlariga muvofiq bakalavriat bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarini bajarishga qodir bo‘ladi:
Tashkiliy ─ boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida:
fuqarolik jamiyatining dolzarb masalalarini bilishi, O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga;
dunyoqarash bilan bog‘liq falsafiy bilimlarga tizimli ega bo‘lishi, mustaqil tahlil qila olishi, kasbiy faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish tizimini ishlab chiqish;
zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish;
korxona va tashkilotlarning axborot tizimlari faoliyatini rejalashtirish;
zamonaviy dasturlash tillaridan foydalangan holda axborotlarni qayta ishlashning namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish;
ishlab chiqarish jarayonlarida axborot tizimlari faoliyatini boshqarish;
tashkilot va korxonalar faoliyatini strategik rivojlantirishda zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini qo‘llay olish;
atrof ─ muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;
ijtimoiy ─ iqtisodiy axborotlarning xavfsizligini ta’minlash hamda axborot tizimlarida tashkiliy ─ boshqaruv qarorlarnini asoslash;
korxona va tashkilotlarni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha axborot ─ tahliliy (onlayn so‘rovnoma va boshqalar) tadqiqotlarni o‘tkazish va axborot tadqiqotlari yechimlarini amaliyotga tatbiq etish;
bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi doirasida iqtisodiy ─ matematik, informasion va imitasion modellarni ishlab chiqish;
korxona va tashkilotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari va korporativ axborot tizimlarini joriy etish;
turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq va sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari axborot kommunikasiya xizmatlari bo‘limlari faoliyati boshqaruvini tashkil etish va takomillashtirish hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatini rivojlantirishning axborot strategiyalarini ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘ladi.
Axborot ─ tahliliy faoliyatda:
qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va boshqaruv jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish uchun ishonchli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
korxona/tashkilotning ichki axborot tizimini yaratish va tatbiq etish;
korxona/tashkilotning faoliyatining turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
axborot ─ tahlil faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash.
Iqtisodiy hisob ─ kitob faoliyati:
korxona/tashkilotni rivojlantirishda iqtisodiy va ijtimoiy ─ iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob ─ kitobi uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni tayyorlash;
harakatdagi me’yoriy ─ huquqiy bazada keltirilgan andozali uslub asosida iqtisodiy va ijtimoiy ─ iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob ─ kitoblarini amalga oshirish;
davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’yektlari iqtisodiy faoliyatini axborotlashtirish;
davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’yektlarining zamonaviy axborot tizimlari infratuzilmasini tashkil etish;
yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda ilmiy yechimlarini ishlab chiqish va ilmiy ─ tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va raqamli ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim.
Ilmiy tadqiqot faoliyati:
korxona/tashkilot boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish yuzasidan aniq iqtisodiy hisob ─ kitoblarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, olingan topshiriq bo‘yicha axborot ma’lumotlarini izlash, to‘plash va tahlil qilish;
iqtisodiy ma’lumotlar to‘plamini qo‘yilgan topshiriqqa asosan zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida qayta ishlash, tahlil qilish, baholash, olingan natijalarni qiyoslash va asoslangan xulosalarga kelish;
mutaxassislik faoliyati sohasiga tegishli tadqiq etilayotgan jarayonlar, hodisalar hamda ob’yektlarni standart nazariy, raqamli va ekonometrik modellarini tuzish, tahlil qilish va olingan natijalarni qiyoslash;
zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari yordamida hisobotlar va axborotlar sharhini tayyorlash;
statistik kuzatishlar, elektron so‘rovlar, anketa so‘rovlari va ularning birlamchi natijalarini qayta ishlash;
raqamli transformasiyaning ijobiy hamda salbiy oqibatlarini aniqlashda ishtirok etish, ishlab chiqilgan axborot kommunikasiya dasturlarini xayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘ladi.

O'xshash dasturlar