WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Inson resurslarini boshqarish

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Inson resurslarini boshqarish mutaxassisligi
Umumiy tavsifi

Inson resurslarini boshqarish boʻyicha magistratura dasturi inson resurslarini boshqarish sohasida chuqur bilim va tajribani taʼminlovchi magistratura dasturidir. Dastur fan va ishlab chiqarishda inson omilidan samarali foydalanish muammolarini hal etishga kompleks yondashuvni ta’minlovchi iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarda inson resurslarini boshqarish masalalarini qamrab oladi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning yechimini topishda inson resurslarining o‘rni va ahamiyatining ilmiy va amaliy jihatlarini tahlil eta oladigan mutaxassilarni tayyorlashga mo'ljallangan.
Tarkib va O'quv rejasi
Dastur davomida talabalar Inson resrslarini boshqarish nazariyalari, mehnat bozorida yuzaga kelayaotgan yangi kasb va malakalarni baohlosh, munosib nomzodlarni startegik ishga yollash, istiqbolli kadrlar zaxirasini hsakklantirish, xodimlar faoliyati samaradorligini baholash, xodimlarno `qitish va rivojlantirish hamda ularning karyerasini boshqarish va me’yoriy hujjatlarga rioya qilish kabi murakkab mavzularni o‘zlashtiradilar. Ular inson resrslarini boshqarishning strategik, tashkiliy, huquqiy, axloqiy va ijtimoiy jihatlarini chuqur o‘rganadi, zamonaviy tshakilotlar oldida turgan muammolar va imkoniyatlar haqida har tomonlama tushunchaga ega bo‘ladi.

Inson resrslarini boshqarish bo'yicha magistratura dasturining o'quv rejasi nazariyani va uning amaliy qo'llanilishini birlashtiradi. Talabalar inson resrslarini boshqarish masalalari bilan bog'liq tahliliy va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun amaliy tadqiqotlar, tadqiqot loyihalari va simulyatsiyalarda ishtirok etadilar. Shuningdek, ular soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, stajirovkalarda qatnashish yoki sohada amaliy tajriba orttirish uchun real loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O'quv natijalari
Magistratura dasturining o'quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning yechimini topishda inson resurslarining o‘rni va ahamiyatining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil etish;
• soha va tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali foydalanishda iqtisodiy tamoyillarni qo‘llay bilishi;
• inson resurslarini boshqarish sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlar mavzusi bo‘yicha iqtisodiy matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish;
• inson resrurslarini boshqarish sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish;
• korxona va tashkilotlarda istiqbolli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va va ularni zaxiralarini shakllantirish;
• korxonalarda inson resurslarini boshqarish va nazorat qilish jarayonida ish faoliyatining sifati va miqdorini baholash;
• makro va mikro darajada inson resurslarini shakllanish omillarini tahlil qilish;
• inson resurslarini boshqarishning huquqiy asoslari va uni shartnomaviy tartibga solish hamda inson resurslari balansi asosida mehnat bozoridagi talab va taklifni baholash;
• jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalaridan foydalanish;
• inson resurslarini rejalashtirish va mehnat resurslari bozorini rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash va tahlil qilish;
• mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik mexanizmlaridan samarali foydalanish;
• korxona, tashkilot va firmalarning tub maqsadiga erishishini ta’minlovchi inson resurslarini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlarini shakllantirish;
• makro va mikro darajada inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash;
• korxonalarda inson resurslarini boshqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
• inson resurlari boshqarishda innovatsiyalarni joriy etish;
• ishlab chiqarish jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mehnat jarayonlarini oqilona tashkil etish hamda inson resurslarini rejalashtirish va boshqarish;
• xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullarini qo‘llash;
• korxona va tashkilotlarda kadrlar siyosatini ishlab chiqish;
• korxonalarda kadrlarni ishga jalb etish va yollashdan tortib istiqbolli kadrlarni zaxirasini shakllantirishga bo‘lgan jarayonni boshqarish;
• inson resurslari balansi asosida mehnat bozoridagi talab va taklifni tahlil qilish;
• inson resurslarini boshqarish sohasida mutaxassislikka mos bo‘lgan mavzulardagi loyihalarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish;
• inson resurslarini baholashning zamonoviy usullarini hamda tamoyillarini amaliyotda qo‘llash.
Karyera imkoniyatlari
Inson resurslarini boshqarish magistraturasi bitiruvchilari turli sohalarda faoliyat olib borish imkoniyat ega bo’ladilar. Bitiruvchilar inson resurslarini boshqarish bo’yicha mutaxassis, inson resurslari departamenti rahbari, inson resurslari bo`yicha maslahatchi, rekruter, ish haqi va motivasiyaar bo`yicha mutaxassis sifatida ishlashi mumkin. Shuningdek, bitiruvchilar davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari, nodavlat va notijorat tashkilotlarida faoliyat olib borishlari mumkin. Ba'zi bitiruvchilar ushbu sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini (Ph.D.) ham davom ettirishlari mumkin.
Umuman olganda, inson resurslarini boshqarish bo'yicha magistrlik dasturi talabalarga inson resurslarini boshqarishning rivojlanayotgan sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan ilg'or bilim, ko'nikmalar bilan ta’minlaydi.

O'xshash dasturlar