WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

TARIX FAKULTETI

          70220301-Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yicha)

Bu yo‘nalishda tahsil olganlar Jahon tarixi bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini o`rganish nazarda tutilgan.

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

seminar

120

3600

650

298

32

 

320

 

420

2950

 

Yo‘nalish kurs bosqichlarida:

         - Migratsiyon jarayonlar tarixi, Halqaro tashkilotlar tarixi: nazariya va amaliyot, XX asrda Yevroosiyoda siyosiy jarayonlar: mustabid tuzumning qulashi, O’rta asrlar Yevropasi tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining dolzarb masalalari, Yangi va eng yangi davr tarixshunosligi va manbashunosligining asosiy yo‘nalishlari, ХX-XXI asrlar boshlarida harbiy-siyosiy ziddiyatlari va jahon mamlakatlari  rivojlanishi tarixining tizimli tahlili, fanlarini o‘rganish bilan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim.

         - Jahon tarixi yo‘naltirishda muhim hisoblangan fundamental umumkasbiy bilimlar va yangiliklarni shakllantirish;

         - Jahon tarixi yo‘nalishidagi ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishi;

         - umumkasbiy fanlar o‘zlashtirishni ta’minlash, jahon tarixi fani sohalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish va qayta ishlash metodlaridan zaruriy bilimga ega bo‘lish;

         -  Jahon tarixi mutaxassisligida olingan ma’lumot va natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim.

         - Jahon tarixi mutaxassisligi magstrantlarining kasbiy faoliyatiga muvofiq butun jahon va mamlakatimizda sohadagi mavjud muammolar, erishilgan yutuqlar va sohani rivojlantirish istiqbollari haqida tassavur hosil qilishi;

         - Jahon tarixi manbalardan unumli foydalanish, ulardan mutaxasislik bo‘yicha muhim bilimlar olishni ta’minlash;

         -  Jahon tarixi mutaxassisligi magstrantlarining oliy ta’limdan keying ta’lim bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi;

         - o‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari; ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar; ta’lim jarayonida motivatsiya; ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari; umumiy va xususiy metodlar; ta’lim va aqliy taraqqiyot; tarbiya metodlari va formalari; bo‘lg‘usi tarixchi shaxsi sifatlari; nazariya va amaliyot haqida bilim berishi borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek kurs bosqichlarida ilmiy amaliyot(stajerovka) o‘taydilar.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiya ishini himoya qilish ham kiradi.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.

 

O`quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Nazariy va amaliy ta`lim

45

1-3

Ilmiy amaliyot (stajirovka)

6

3

Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

9

3

Attestatsiyalar

10

1,2,3

Ta`til haftalari

28

1-4

Kredit ta’limga tizimiga kirish

2

1,3

JAMI

100

 

 

 

 

 

 

TA’TIL VAQTI:

1. 1-kurs:

  -dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-         07.01.2024)

   - iyul oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.07.2024-02.09.2024)

2. 2-kurs:

   -dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi(2024-yil uchun 25.12.2024-07.01.2025)

- iyun oyining 5-haftasidan.

FANLAR

  1. Migratsiyon jarayonlar tarixi
  2. Halqaro tashkilotlar tarixi: nazariya va amaliyot
  3. XX asrda Yevroosiyoda siyosiy jarayonlar: mustabid tuzumning qulashi
  4. Yangi va eng yangi davr tarixshunosligi va manbashunosligining asosiy yo‘nalishlari,
  5. O’rta asrlar Yevropasi tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining dolzarb masalalari
  6. ХX-XXI asrlar boshlarida harbiy-siyosiy ziddiyatlari va jahon mamlakatlari  rivojlanishi tarixining tizimli tahlili

 

 

 

 

O'xshash dasturlar