Dastur haqida
Tarix ta’lim yo‘nalishi — ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi muhim soha bo‘lib, u insoniyat jamiyati taraqqiyotining bosqichlarini, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jarayonlarni o‘rganishga qaratilgan. Mazkur yo‘nalish talabalarda tarixiy tafakkur, tahliliy fikrlash, manba bilan ishlash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tarix yo‘nalishi nafaqat o‘tgan davrni o‘rganish, balki hozirgi zamon va kelajak taraqqiyotini to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
O‘quv dasturining maqsadi
Tarix yo‘nalishining asosiy maqsadi — talabalarga tarixiy bilimlar tizimini, tadqiqot metodlarini va tarixiy tafakkurni egallash imkonini berish, mustaqil fikrlaydigan, tahliliy yondasha oladigan, milliy va jahon tarixini chuqur biladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Talabalar:
- O‘zbekiston va jahon tarixining asosiy bosqichlarini chuqur o‘rganadilar;
- Tarixiy manbalar bilan ishlash, tahlil qilish, solishtirish va xulosa chiqarishni o‘rganadilar;
- Tarixiy jarayonlarni hozirgi davr bilan bog‘lay olish malakasini hosil qiladilar
Ta’lim natijalari
4 yillik o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar “Tarix bakalavri” darajasini oladilar. Ular tarix o‘qituvchisi, ilmiy xodim, muzeyshunos, arxivchi, tahlilchi va boshqa ijtimoiy soha mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Bitiruvchilar:
- Tarixiy manbalarni o‘qish, tarjima qilish va tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
- O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi, tarix falsafasi, tarixshunoslik, arxeologiya va etnologiya fanlari bo‘yicha chuqur bilim oladilar;
- Axborot texnologiyalarini tarixiy tadqiqotlarda qo‘llay olish malakasini egallaydilar.
O‘quv dasturi tuzilishi
1–2-kurslarda talabalarga Falsafa, Dinshunoslik, Pedagogika va psixologiya, Chet tili kabi asosiy umumiy va tayanch fanlar o‘qitiladi:
3–4-kurslarda esa O’zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Arxeoligiya,
Maxsus tarix fanlari, Tarixiy geografiya, Jahon tsivilizatsiyalari tarixi, Raqamli tarix, Sharq tillari, Fan va texnika tarixi, Etnologiya, Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, Tarixiy o’lkashunoslik, Tarix o’qitish metodikasi, O’zbekistonning ma’muriy yodgorliklari, O’zbekistonning tarixiy marshrutlari, O’zbekiston davlatchiligi tarixi, O’zbekistonning eng yangi tarixi.
kabi mutaxassislik fanlari o‘qitiladi.
O‘qish jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar, arxiv va muzeylardagi tajribalar bilan uyg‘unlashtiriladi.
Bakalavr bosqichidan keyingi imkoniyatlar
Bitiruvchilar o‘z ta’limini:
- Magistratura bosqichida “Tarix”, “Tarixshunoslik”, “Arxeologiya”, “Etnologiya”, “Madaniyat tarixi”, “Tarix ta’limi metodikasi” kabi yo‘nalishlarda davom ettirishlari mumkin;
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarix” va “Tarbiya” fanlari o‘qituvchisi sifatida ishlash imkoniga ega bo‘ladilar;
- Shuningdek, gid-ekskursavod kasbida, tarixiy obidalar va madaniy maskanlarda sayohat yetakchisi sifatida faoliyat yuritishlari mumkin;
- Ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar, arxivlar va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil tadqiqotchi yoki ilmiy xodim sifatida ishlash imkoniga ega bo‘ladilar.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga