Dastur haqida
| 70530402 ─ Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. 70530402 ─ Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) Oliy, malaka oshirish, va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida mutaxassislikka doir fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida, davlat boshqaruv organlari, bandlik va mehnat munosabatlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, davlat statistika boshqarmasi va uning bo‘limlari, shuningdek, har xil shakldagi mulk va biznes tashkilotlari, tabiatdan foydalanish, geografiya. Mutaxassislik bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. 70530402 ─ Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari: ─ fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tekshirish institutlari hamda oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ─ tadqiqot bo‘limlari; ─ mos kasb ─ hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat; ─ ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari; ─ qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimi muassasalari’ ─ davlat statistika qo‘mitasi bo‘limlari; ─ ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar; ─ turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari; ─ tashkiliy ─ boshqaruv obyektlari; ─ tabiiy resurslarni baholash va ulardan foydalanish jarayonlari; ─ me’yoriy ─ huquqiy hujjatlar. Mutaxassislik bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda magistrlarning kasbiy faoliyat obyektlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. |
O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Geografiya
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ekologiya
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Geodeziya va geoinformatika (magistratura)
19 023 920 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
19 023 920 so'm
yiliga