WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

60530400 – Geografiya

Tavsif:

Ushbu taʻlim dasturi orqali siz tabiiy-ilmiy fanlardan biri boʻlgan “Geografiya” yoʻnalishi boʻyicha bilim va malakalarga ega boʻlasiz. “Geografiya” taʻlim yoʻnalishi ilm-fan va tabiatshunoslik sohasidagi yoʻnalish boʻlib, Yer haqidagi bilimlar bilan aloqador boʻlgan loyihalash, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, maʼmuriy boshqaruv  va pedagogik ishlar majmuasini qamrab oladi.

Siz 4 yil davomida lokal, regional, milliy va global tabiiy, antropogen, tabiiy-xoʻjalik, ekologik-iqtisodiy, ijtimoiy va ishlab-chiqarish sistemalari, barcha turdagi xoʻjalik faoliyati, ekologik tarkibiy qismlarining boshqarilishi, nazorati, monitoring, taʼlim, maorif va aholi salomatligi, demografik jarayonlar, barcha darajadagi barqaror rivojlanish dasturlari, tabiatni muhofaza qilish muammolari boʻyicha kasbiy kompetensiyalarga ega boʻlasiz. Eng yangi va zarur boʻlgan fanlarni oʻzlashtirasiz. Biz bilan taʻlim oling va albatta koʻzlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur taʻlim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit toʻplashingiz zarur boʻladi. Jami oʻquv yuklama 6120 soatni tashkil etadi. Jumladan:

Auditoriya soati: 2730 soat

Mustaqil taʻlim: 3390 soat

Malakaviy amaliyot: 630 soat

Ixtisoslik fanlardan davlat attestatsiyasi yoki bitiruv malakaviy ishi: 450 soat

 

Oʻquv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy taʻlim

105

1 – 7

Davlat attestatsiyasi yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

21

2,4,6,8

Attestatsiya

14

1 – 7

Yakuniy davlat attestatsiyalari

3

8

Taʻtillar

54

1 – 8

Kredit taʻlim tizimiga kirish

4

1 – 8

GPA koʻrsatkichlarini hisoblash

3

2,4,6

Jami

204

 

 

Qoʻshimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
  • Nazariya va amaliyot yaxlitligini taʻminlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda oʻtkaziladi;
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

O'xshash dasturlar