Dastur haqida
| 60530400 ─ Geografiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil. 60530400 ─ Geografiya ta’lim yo‘nalishi fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat, nodavlat muassasalarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. 60530400 ─ Geografiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida geografiya, tabiiy fanlar (Science) fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida, atrof muhitni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi. |
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Kimyo muhandisligi
13 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Biologiya
—
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Ijtimoiy ta’minot
24 384 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Amaliy matematika
14 400 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat agrar universiteti
Biologiya
11 710 000 so'm
yiliga
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Fizika
17 834 925 so'm
yiliga