WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Ma'mun universiteti

Davolash ishi

Bakalavr Kunduzgi 6 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

Davolash ishi taʼlim yoʼnalishi – sogʼliqni saqlash sohasidagi yoʼnalish boʼlib, u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʼnikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yoʼnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Davolash ishi yoʼnalishi tibbiyotning eng nufuzli yoʼnalishlaridan biri boʼlib bu yoʼnalishda mamlakatimizda bu yoʼnalish boʼyicha kadrlar 100 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlab kelinadi. 

Oʼquv dastur maqsadi

Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinikoldi va klinik fanlari boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash.

Natija

6 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar umumiy amaliyot shifokori diplomiga ega boʻladilar.
Bitiruvchilar taʼlimni magistraturada 70 dan ortiq mutaxassisliklar boʻyicha davom ettirishlari mumkin boʻladi.
Bakalavriat davrining oʻquv dasturi:
1-2 kurslarda talabalar tibbiy-biologik fanlar (odam anatomiyasi, tibbiy kimyo, tibbiy biologiya, gistologiya, normal fiziologiya, tibbiyot kasbiga kirish va b.)
3-4 kurslarda talabalar klinikoldi va klinik fanlar (patologik anatomiya, patologik fiziologiya, farmakologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, bolalar kasalliklari propedevtikasi, pediatriya, gematologiya, tibbiy psixologiya va b.)
5-6 kurslarda talabalar mutaxassislik fanlari (gospital jarrohlik, gospital terapiya, akusherlik va ginekologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, psixiatriya, klinik farmakologiya, xirurgik kasalliklar, ichki kasalliklar va b.)dan tahsil oladilar.

Davolash ishi taʼlim yoʼnalishi boʼyicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:

  • Аkusherlik va ginekologiya
    Endokrinologiya
    Terapiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
    Otorinolaringologiya
    Kardiologiya
    Oftalmologiya
    Yuqumli kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha)
    Dermatovenerologiya
    Nevrologiya
    Umumiy onkologiya
    Psixiatriya 
    Xirurgiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
    Tashxisning instrumental va funksional usullari (yo‘nalishlar bo‘yicha)
    Neyroxirurgiya
    Sog‘liqni saqlashni boshqarish (yo‘nalishlar bo‘yicha)
    Tibbiy psixologiya
    Urologiya
    Morfologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
    Narkologiya
    Аnesteziologiya va reanimatologiya
    Travmatologiya va ortopediya
    Oilaviy tibbiyot
    Sud tibbiyot ekspertizasi
    Patologik anatomiya
    Shoshilinch tibbiy yordam
    Farmakologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura hamda klinik ordinaturada ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda o‘qishni davom ettirish mumkin.
    Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.

O'xshash dasturlar