WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

MUHANDISLIK FIZIKASI INSTITUTI

 - Elektronika va asbobsozlik

Elektronika  va asbobsozlik (elektronika sanoatida) fan va texnika

sohasidagi yo‘nalish bo‘1ib, u ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, elektronika sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, elektronika sanoati qurilmalari, asboblarini tayyorlashning yangi texnologiyalarini va dasturiy ta'minotlarini yaratish, raqamli elektron asboblar va qurilmalarni loyihalash, tadbiq etish, soha istiqbolini belgilash, texnik servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash jarayonlarini tashkillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

 

Kredit

Jami soat

Auditoriya soati

Kurs ishi

Malakaviy asmaliyot

Mustaqil ta’lim

Jami

Ma’ruza

Amaliy

Laboratoriya

Seminar

240

7200

2724

1020

1036

526

142

 

414

4062

 

1-bosqichda quyidagi fanlar O‘zbek (rus) tili, Dinshunoslik, Kimyo, Xorijiy til Fizika, Oliy matematika, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Muhandislik va kompyuter grafıkasi o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Bakalavrlar tayyorlashda quyidagi malakaviy amaliyotlar o‘tkaziladi:

2,3-bosqichlarda malakaviy amaliyot - ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.

4-bosqichda malakaviy amaliyot - ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma'lumot to’plash va tizimlashtirishga qaratiladi.

 

Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan va texnika sohasidagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng, ishlab chiqarish korxonalarida raqamli elektron asboblar va qurilmalarni ishlashini nazorat qilish, texnik servis xizmat ko‘rsatish, konstruksiyalarini montaj qilish, dasturiy ta'minotlarini tuzatish bo‘yicha elektronika sanoati korxonalarida faoliyat olib borish, professional ta'lim muassasalarida elektronika sanoati sohasiga oid fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish hamda elektronika sanoati qurilmalarini loyihalash tashkilotlarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo’ladi.

 

1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2) GPA ko'rsatkiclii har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.

3) Harbiy tayyorgarlik mashg'ulotlari tanlov fanlari blokining soatlari hisobiga (tanlov fanlarnio'zlashtirish sharti bilan), harbiy yig'in esa ta'til vaqti hisobiga o'tkaziladi. Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtm achilarining talab lari, m oslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.

4) O'quv reja asosida ishchi o'quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o'quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o'zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

5) Yakuniy davlat attestatsiyasi m uddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.

6) O'quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg'ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi.

7) Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o'tkaziladi.

8) Jismoniy tarbiya va sport fani fakul'tativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.

9) Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.

 O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

 Nazariy va amaliy ta’lim

120

1-8

 Attestatsiyalar

23

1-8

 Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish

4

1,3,5,7

 Malakaviy amaliyot

10

4,6,8

 Yakuniy davlat attestatsiyalari

3

8

 Ta’til haftalari

41

1-8

 GPA ko‘rsatkichini hisoblash

3

2,4,6

 Jami

204

 

 

 

 

TA’TIL VAQTI:

  1. 1-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)

  1. 2-kurs:

-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 3-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)

  1. 4-kurs:

- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)

- iyul oyining 1-haftasidan

FANLAR

  1. O‘zbek (rus) tili
  2. Dinshunoslik
  3. Kimyo
  4. Xorijiy til
  5. Fizika
  6. Oliy matematika
  7. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  8. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
  9. Muhandislik va kompyuter grafıkasi
  10. Metrologiya va standartlashtirish
  11. Soha iqtisodiyoti va menejmenti
  12. Falsafa
  13. Ekologiya
  14. Hayot faoliyati havfsizligi
  15. Nazariy elektrotexnika
  16. Yo‘nalishga kirish
  17. Elektron texnika materiallari va elementlari
  18. Amaliy elektronika asoslari
  19. Elektron asboblar va integral sxemalar
  20. Mikrosxemotexnika
  21. Elektronikada kompyutorli modellash
  22. Quyosh elementlari fızikasi va texnologiyasi
  23. Mikrokontrollerlarni dasturlash
  24. Katta quvvatli elektron qurilmalar
  25. Mantiqiy dasturlanadigan kontrollerlar

O'xshash dasturlar