WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Dastur haqida

70111202-Muhandislik grafikasi va duzayn nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining sohalari: Oliy, malaka oshirish, qayta tayyorlash va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, ilmiy markazlarda va loyiha konstruktorlik korxonalarida ilmiy tadqiqot-konstruktorlik ishlari olib borish, sanoatning barcha tarmoqlari hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlarida, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va loyihalash tashkilotlar majmui, Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining loyihalash bòlimlarida faoliyat olib borishi. Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: Loyihaviy-konstruktorlik faoliyat; Ishlab chiqarish – texnologik faoliyat; Ilmiy – tadqiqot faoliyat; tashkiliy-boshqaruv faoliyati; Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyati (o‘rnatilgan tartibda); Konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.

O'xshash dasturlar