WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Iqtisodiyot

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70410102 ─ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil. Fan dasturlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabaga "magistr" darajasi hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat (lar) ─ "Iqtisodchi" (tadqiqotchi, pedagog) kvalifikatsiyasi yozilgan "diplom" ilovasi bilan beriladi.
70410102 ─ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ─ iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, mutaxassislikka oid kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
70310102 ─ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ─ Ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyatida: ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish, ilmiy yangiliklarni kashf etish;
ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, oʻtkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi boʻyicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish;
ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish;
Moliyaviy ─ iqtisodiy hamda hisob, tahlil va nazorat faoliyatida: davlat, mahalliy hukumat va xoʻjalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy ─ huquqiy hujjatlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatida foydalana olish;
iqtisodiyot tarmoq va sohalarining miqdor va sifat me’zonlari, iqtisodiy tizim va obyektlar chegaraviy hamda kritik holatining indikatorlarini aniqlash;
sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar, barqaror iqtisodiy rivojlanish topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy ─ tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish;
iqtisodiyot subyektlarining moliyaviy barqarorligini oshirish va uni rivojlantirish, Tashkiliy ─ boshqaruv hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida: ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;
fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish;
 ─ iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
amaliy faoliyatda instrumental vositalarni va ishlab chiqarish muhitini takomillashtirish ─ tashkilot, korxona va ularning alohida bo‘linmalar tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, xodimlarning professional tayyorgarlik darajasini oshirib borishni tashkil qilish va boshqarish, mehnat salohiyatidan samarali foydalanishni rejalashtirish, mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
reja, hisob ─ kitob hujjatlarini yuritish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiy rivojlanish sohasida ratsionalizatorlik takliflar va ixtirolar bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni aniqlash.

O'xshash dasturlar