Dastur haqida
Ta’lim dasturining maqsadi
Zamonaviy, tez o‘zgarib borayotgan raqobatbardosh global bozor sharoitida yuzaga keladigan biznes muammolarini hal qila oladigan, innovatsion fikrlovchi, raqobatbardosh mutaxassislar va biznes yetakchilarini tayyorlash. Ushbu mutaxassislar tadbirkorlik tafakkuriga ega bo‘lib, turli sohalarda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish va boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi, ijtimoiy mas’uliyatni his qilishi kerak.
Missiya — fanlararo aqliy va amaliy yondashuv asosida o‘qitishni amalga oshirish orqali bajariladi.
Ta’lim dasturining vazifalari:
-
Biznesni boshqarish sohasida raqobatbardosh professional oliy ta’limni taqdim etish va jahon mehnat bozorida yuqori samaradorlikka ega turizm sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash;
-
Biznes boshqaruvi sohasida ta’lim va amaliyot sifati yuqori bo‘lishiga ko‘maklashish, buning uchun tahliliy fikrlash, liderlik va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
-
Talabalarga zamonaviy iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari, tadbirkorlikdagi innovatsiyalar roli, milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, davlat va jamoat boshqaruvida yuz berayotgan jarayonlar, shuningdek boshqa biznes faoliyat jarayonlari haqida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berish;
-
Talabalarda ilmiy tadqiqot olib borish, tahliliy va innovatsion fikrlash, ijodkorlik, hamda samarali muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirish — bu ularga ijodiy shaxslar sifatida shakllanish va jahon mehnat bozoriga muvaffaqiyatli chiqish imkonini beradi;
-
Biznes boshqaruvi sohasida ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish orqali oliy ta’limining xalqaro raqobatbardoshligini mustahkamlash;
-
Talabalarni biznes, davlat va tijorat tashkilotlarida yetakchi lavozimlarni egallashga, o‘z biznesini tashkil etishga, hamda magistratura bosqichida ta’limni davom ettirishga tayyorlash.
O'xshash dasturlar
Amerika texnologiyalar universiteti
Biznes va texnologiyalar
61 600 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Biznes boshqaruvi
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Biznes menejmenti
43 891 200 so'm
yiliga
Amerika texnologiyalar universiteti
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya
61 600 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Menejment
13 200 000 so'm
yiliga