Dastur haqida
60411201-Menejment: turizm biznesini boshqarish ta’lim yo’nalishi
Umumiy tavsifi
Menejment: turizm biznesini boshqarish boʻyicha bakalavriat dasturi turizm kompaniyalari, mehmonxona biznesi, restoran faoliyatini samarali boshqarish bilan bogʻliq tamoyillar, amaliyotlar va mexanizmlarni o’rganishga qaratilgan. Dastur talabalarga turizm biznesini boshqarishning huquqiy, moliyaviy va strategik jihatlari haqida har tomonlama bilim va ko’nikmalar beradi.
Tarkib va o‘quv rejasi
Dastur talabalar turizm biznesini boshqarishga oid bir qator fanlarni, jumladan, turizm iqtisodiyoti, turizm resurslari, turizmda sifatni boshqarish, turizm marketing, turizmda innovatsiya, gastronomiya, turizm geografiyasini qamrab oladi. Talabalar turizm biznesi muhitida investorlar, menejerlar va boshqa manfaatdor tomonlarning roli va mas’uliyati haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
O‘quv reja nazariy bilimlarni amaliy qo‘llash bilan uyg‘unlashtirib, talabalarga turizm biznesini yuritishda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar amaliy tajriba ortirish uchun amaliy tadqiqotlarni tahlil qilish, guruh loyihalarida ishtirok etish va amaliyotda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘quv natijalari
Dasturning o‘quv natijalariga quyidagilar kiradi:
• Turizm rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, qo‘llanilayotgan texnologiyalar va innovatsiyalarning samaradorligini tushunish.
• Turizm kompaniyalari faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llash orqali daromadlarni oshirish va boshqaruvni muvofiqlashtirish masalalarini tushunish.
• Turizm kompaniyalari faoliyatini samarali tashkil etish boshqarish, tahlil va nazorat mexanizmlari haqida keng qamrovli tushunchani shakllantirish.
• Turizm faoliyati nazorati va boshqarishda strategik qarorlar qabul qilinishini ta’minlash, boshqaruv dinamikasi va boshqaruv mexanizmlarini tahlil qilish va baholash.
• Turistik xizmatlarni ishlab chiqish va yangi turism bozorlarini o‘zlashtirish haqidagi ko'nikmalarini rivojlantirish.
• Turizm destinatsiyalari va xududlardagi resurslsrdan samarali foydalanishning uzoq muddatli barqaror rivojlanish omillarini o‘rganish.
• Turistik faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.
• Turizm biznesi tashkilotchilari, jumladan turistik kompaniyalar, restoran, transport va logistika tashkilotlari bilan samarali hamkorlik qilish uchun zarur bo‘lgan muloqot va hamkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Karyera imkoniyatlari
Bakalavriat dasturining bitiruvchilari turizm faoliyati bilan bog‘liq turli soha va lavozimlarda, jumladan, turizm biznesini boshqarish bo‘yicha mutaxassis, turoperator, turagent, mehmonxona menejeri lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin. Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi, xalqaro va mahalliy turizm kompaniyalari, mehmonxona zanjirlari, restoranlarga ishga joylashish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, ushbu bakalavr dasturi Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) va Turizm (ziyorat turizmi) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi talabalar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi va bu sohada yanada ixtisoslashishiga imkon berishi mumkin.
Umuman olganda, turizm biznesini boshqarish fanlari bakalavr dasturi talabalarni turizm biznesining murakkab muhitda faoliyat yuritishi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlariga hissa qo‘shish va turizmda samarali boshqaruv amaliyotini ilgari surish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma bilan ta’minlaydi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga