Namangan davlat texnika universiteti
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji (turlari bo‘yicha)
Dastur haqida
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo'yicha)
Tavsif: Ushbu ta’lim dasturi–muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, o’z ichiga sanoat, jamoat va turar-joy ob’ektlarini issiqlik bilan ta’minlash, gaz ta’minoti, ventilyasiya va havosini konditsiyalash, suv bilan ta’minlash va oqova suvlarini oqizish tizimlarini loyihalash, montaj qilish, qayta tiklash, muhandislik kommunikatsiya qurilishi va montaji sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlashning samarali jarayonlarini ta’minlashga yo’naltirilgan usullari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Yuqоrida keltirilgan kasbiy faоliyat sоhalarining
ishlab chiqarish: qurilish ob’ktlarida usta (master), ish yurituvchi (prorab) bo’lib ishlash, qurilish ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini bajarish va maromi- ga etkazish; turli qurilish ob’ektlarida muhandislik kommunikatsiya tizimlarining ayrim texnologik jarayonlarning hisobiy-texnologik xaritalarini tuzish va qo’llash; qurilishda qo’llaniladigan muhandislik kommunikatsiya materiallari va uskunalarining sifatini nazorat qilish; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini loyihalash, qurish va foydalanish sohalarida namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va ulami amalda qo’llash ishlariga rahbarlik qilish;
loyiha-tahliliy: muhandislik kommunikatsiya tizimlarini loyihalash borasida tasavvurga ega bo’lishi; turar-joy, jamoat va sanoat bino va inshootlarini issiqlik va issiq suv ta’minoti, suv ta’minoti, gaz ta’minoti, ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlarini loyihalash; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini va uskunalarini avtomatlashtirilgan loyihalashning standart vositalaridan foydalangan holda hisoblash va konstruksiyalash; loyihaviy va ishchi texnik hujjatlarini tayyorlash, yakunlangan loyihaviy-konstruktorlik ishlarini rasmiylashtirish;
ilmiy-tadqiqot: ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarda muhandislik kommunikatsiyalari sohasiga oid texnik vositalar, tizimlar, jarayonlar; qurilmalar, materiallar va yang turdagi muhandislik kommunikatsrya tizimlari tarkibi va texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish, sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda qatnashish; muhandislik kommunikatsiya tizimlarini yaratishda va amaliyotga tatbiq etishda va avtomatlashtirilgan tizimlarni sinovdan o’tkazishda zarur bo’lgan tashkiliy ishlarda ishtirok etish; mamlakatdagi va xorijiy davlatlardagi fan-texnika yutuqlari, maxsus adabiyotlar va boshqa ilmiy-texnik axborotlarni o’rganish va tizimlashtirish; muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlar va sohalarni zamonaviy boshqarish tizimini ta’minlash borasidagi muammoli mavzular bo'yicha iqtisodiy axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirish; internet tarmog’ida eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo’nalgan holda qidirish va topish; tadqiqot natijalari va ishlanmalarni tatbiq etish kabi kasbiy faоliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
218 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6540 soat
Malkaviy amaliyot: 420 soat
Davlat attestatsiyasi: 240 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
118 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
14 |
6 |
|
|
Attestatsiya |
16 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
6 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
43 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
4 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Kadastr
—
Namangan davlat texnika universiteti
Arxitektura
14 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
9 600 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
14 400 011 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Shahar qurilishi va loyihalash
14 400 010 so'm
yiliga
University of Business and Science
Geodeziya va geoinformatika
—