WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat texnika universiteti

Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60610500 – Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi zamonaviy kompyuter texnologiyalari, apparat va dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, tarmoqlar hamda axborot xavfsizligi sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Ta’lim jarayonida talabalar kompyuter tizimlarini loyihalash, o‘rnatish, sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqarish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish hamda axborot resurslarini himoyalash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Yo‘nalish doirasida “Kompyuter injiniringi”, “AT Servis” va “Axborot xavfsizligi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Bitiruvchilar IT kompaniyalari, bank-moliya tashkilotlari, davlat va xususiy korxonalar, telekommunikatsiya kompaniyalari, ma’lumotlar markazlari hamda axborot xavfsizligi bo‘limlarida faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar