Dastur haqida
Qurilish muhandisligi (bino va inshootlar qurilishi)
Tavsif:
60730300 – Qurilish muhandisligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan va texnika sohasiga mansub bo‘lib, sanoat va fuqaro binolari hamda inshootlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va texnik ekspluatatsiya qilish sohalari uchun yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Ushbu ta’lim yo‘nalishi sanoat va fuqaro binolari hamda inshootlarining konstruktiv va hajmiy-rejaviy yechimlari, ularni barpo etish texnologiyalari, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalarini qo‘llash, qurilish ob’ektlarini AutoCAD, CorelDRAW, LIRA-SAPR, ETABS, BIM texnologiyalari hamda boshqa zamonaviy dasturiy vositalar yordamida loyihalash va muhandislik hisoblarini bajarish, binolar va inshootlarning texnik holatini baholash, seysmik hududlarda barpo etiladigan zilzilabardosh bino va inshootlarni loyihalash, mavjud binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, konstruktiv yechimlari asosida ta’mirlash va mustahkamlash, ularning texnik ekspluatatsiyasini tashkil etish, energiya samarador bino va inshootlarni loyihalash va qurish sohalariga oid kompleks nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishni qamrab oladi.
Shuningdek, mazkur ta’lim yo‘nalishi qurilish sohasini innovatsion rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va BIM yechimlarini amaliyotga keng joriy etish, qurilish jarayonlarini samarali boshqarish, mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi hamda ekologik talablarga rioya qilish, shuningdek, qurilish sohasining istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga doir zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining
ishlab chiqarish: turar-joy, jamoat, sanoat bino va inshootlarini qurish, ta’mirlash hamda rekonstruksiya qilish jarayonlariga oid texnik hujjatlarni (ishlarni bajarish grafiklari, texnologik xaritalar, yo‘riqnomalar, ish rejalari, smeta hujjatlari, materiallar, konstruksiyalar va jihozlarga bo‘lgan buyurtmalarni) ishlab chiqish va rasmiylashtirish; qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladigan hududlarda muhandislik tayyorgarligi ishlarini tashkil etish va bajarish; qurilish sohasida zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash, hisoblash va boshqaruv tizimlarining dasturiy vositalari hamda axborot muhitlaridan samarali foydalanish, ularni ilmiy va amaliy faoliyatga joriy etish hamda takomillashtirish kabilarda qurilish ob’ektlarida ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish va boshqarish, usta (master), qurilish ishlari boshqaruvchisi (prorab), muhandis hamda loyiha tashkilotlarida konstruktor sifatida kasbiy faoliyat yuritish.
loyiha-tahliliy: turar-joy, jamoat, sanoat binolari va inshootlarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiya qilishga oid loyihalarni ishlab chiqish; bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi qurilish konstruksiyalari va muhandislik tizimlarini zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash va hisoblash dasturlari (AutoCAD, LIRA-SAPR, ETABS, BIM va boshqalar) yordamida hisoblash, tahlil qilish va konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish; ichki va tashqi to‘siq konstruksiyalarini me’yoriy talablar asosida hisoblash, loyihalash va ularning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash; bino va inshootlar bo‘yicha loyiha-smeta hamda ishchi texnik hujjatlarni tayyorlash, loyihaviy-konstruktorlik ishlarini bajarish, qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) va ishlarni bajarish loyihasi (IBL)ni ishlab chiqish hamda ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
Ilmiy - tadqiqot: turar-joy, jamoat va sanoat binolari hamda inshootlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va texnik ekspluatatsiya qilish sohalariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish; qurilish sohasiga oid mahalliy va xorijiy ilmiy-texnik axborotlar, me’yoriy hujjatlar hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish; qurilish konstruksiyalari, qurilish materiallari va binolarning mustahkamligi, ishonchliligi hamda zilzilabardoshligi bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlarda ishtirok etish; AutoCAD, LIRA-SAPR, ETABS, SAP2000, BIM texnologiyalari va boshqa zamonaviy dasturiy vositalar yordamida muhandislik hisoblari va modellashtirish ishlarini bajarish; qurilish materiallari va konstruksiyalarini laboratoriya hamda dala sharoitida sinovdan o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish va ilmiy xulosalar tayyorlash; binolar va inshootlarning texnik holatini baholash hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlarda ishtirok etish; ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda qurilish sohasidagi yangi ilmiy-texnik yutuqlarni o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish. ekspremental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami auditoriya soati: 6150 soat
Malkaviy amaliyot: 900 soat
Davlat attestatsiyasi: 150 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
6 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
Qo’shimcha izoxlar:
- Bir kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Kadastr
—
Namangan davlat texnika universiteti
Arxitektura
14 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
9 600 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
14 400 011 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Shahar qurilishi va loyihalash
14 400 010 so'm
yiliga
University of Business and Science
Geodeziya va geoinformatika
—